O‘zbekiston mustaqilligining 29 yilligi arafasida bir guruh fuqarolar O‘zbekiston Prezidenti tomonidan faxriy unvonlar, orden va medallar bilan taqdirlangan edi. 28-dekabr kuni Ko‘ksaroyda mukofotlarni topshirish marosimida davlat rahbari o‘z nutqida o‘tayotgan pandemiya yili haqidagi fikrlari bilan ham o‘rtoqlashdi. Jumladan, Prezident “El-yurtimiz bu muammolar qarshisida sarosimaga tushib qolgani yo‘q. Aksincha, qiyinchiliklar bizni yanada birlashtirdi, bir-birimizga mehrimiz ortdi  — deb bu haqda «Daryo» nashri  xabar beradi.     Murakkab vaziyatga qaramasdan, ko‘pni ko‘rgan, azm-u shijoatli xalqimizning fidokorona mehnati bilan bu sinovlarni mardona yengib o‘tyapmiz. Baraka hamjihatlikda, degan gap hayotimizda yana bir bor o‘z tasdig‘ini topdi. Pandemiya va global inqiroz oqibatlarini kamaytirish bo‘yicha ko‘rayotgan chora-tadbirlarimiz o‘z samarasini beryapti”, — deya ta’kidladi. 

Mamlakat yetakchisi mana shunday murakkab bir davrda ham barcha sohalar bilan keng ko‘lamli ishlar olib borish, imkoni boricha eng zaruriy yo‘nalishlar faoliyati bilan shaxsan tanishishga intildi. “Daryo” 2020-yilda Shavkat Mirziyoyev tashrif bilan borgan manzillarni birma-bir yodga oladi.

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Qurolli Kuchlar akademiyasiga tashrifi. 2020-yil, 10-yanvar.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy bog‘iga tashrif. 2020-yil, 11-yanvar.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Toshkent shahridagi Prezident Xalq qabulxonasi.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy bog‘ida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishildi. 2020-yil, 11-yanvar.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Prezident Qonunchilik palatasining saylovdan keyingi birinchi majlisida ishtirok etdi. 2020-yil, 20-yanvar.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Oliy Majlisi Senatining birinchi yalpi majlisida. 2020-yil, 20-yanvar.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Oliy Majlis palatalarining qo‘shma majlisida. 2020-yil, 20-yanvar.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Shavkat Mirziyoyevning Xalqaro kongress markazida Oliy Majlis palatalariga murojaatnomasi. 2020-yil, 24-yanvar.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Islom Karimov haykali poyiga gulchambar qo‘yildi. 2020-yil, 30-yanvar.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Olimlar ko‘chasidagi ilmiy-tadqiqot institutlariga tashrif davomida yangi universitet kampusiga tamal toshi qo‘yildi. 2020-yil, 31-yanvar.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasida olimlar, yosh tadqiqotchilar, ishlab chiqarish vakillari va ilmiy-tadqiqot muassasalari rahbarlari bilan uchrashuv. 2020-yil, 31-yanvar.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Shavkat Mirziyoyev Turkiya Prezidenti Rajab Toyyip Erdo‘g‘onning taklifiga binoan Turkiyaga keldi. 2020-yil, 19-fevral.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Anqaradagi Anitkabir yodgorlik majmuasidagi Mustafo Kamol Otaturk qabriga gulchambar qo‘yildi. 2020-yil, 19-fevral.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Turkiya prezidenti saroyida O‘zbekiston Prezidentini rasmiy kutib olish marosimi bo‘ldi. 2020-yil, 19-fevral.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Anqara shahrida Oliy darajadagi O‘zbekiston–Turkiya strategik hamkorlik kengashining birinchi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. 2020-yil, 19-fevral.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Shavkat Mirziyoyev va uning rafiqasi Ziroat Mirziyoyeva sharafiga Turkiya prezidenti Rajab Toyyip Erdo‘g‘on va uning rafiqasi Emina xonim tomonidan qabul marosimi tashkil etildi. 2020-yil, 19-fevral.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Shavkat Mirziyoyev Anqarada Turkiyaning yetakchi kompaniyalari va banklari rahbarlari bilan uchrashdi. 2020-yil, 20-fevral.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Shavkat Mirziyoyev Anqara shahrida Turkiya prezidenti huzuridagi Xalq kutubxonasining ochilish marosimida ishtirok etdi. 2020-yil, 20-fevral.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Xalq kutubxonasining faoliyati bilan tanishildi. 2020-yil, 20-fevral.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Shavkat Mirziyoyev Toshketning Mirzo Ulug‘bek tumani “Avayxon” mahallasida bunyod etilayotgan ko‘p qavatli uy-joylarni ko‘zdan kechirdi. 2020-yil, 28-fevral.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Yashnobod tumanidagi Texnoparkka tashrif. 2020-yil, 28-fevral.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Shavkat Mirziyoyev Yashnobod tumanidagi Mudofaa vazirligiga qarashli Ma’naviyat va ma’rifat markazini borib ko‘rdi. 2020-yil, 28-fevral.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Yashnobod tumanidagi “Ishga marhamat” mono-markazi. 2020-yil, 28-fevral.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Yashnobod tumani rahbarlari, mahalla raislari, tadbirkorlar, maktab va sog‘liqni saqlash muassasalari vakillari bilan uchrashuv. 2020-yil, 28-fevral.

Foto: Prezident matbuot xizmati

8-mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan bayram tadbiri. 2020-yil, 7-mart.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Shavkat Mirziyoyev Xorazmga tashrifining ilk manzilida “Hazorasp” erkin iqtisodiy zonasidagi Develop Textile xorijiy korxonasi faoliyati bilan tanishdi. 2020-yil, 12-mart.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Xorazm viloyatining Yangiariq tumanidagi Global Food Impeks mas’uliyati cheklangan jamiyat tomonidan tashkil etilgan zamonaviy issiqxona ko‘zdan kechirildi. 2020-yil, 12-mart.

Foto: Prezident matbuot xizmati

“Xorazm pilla xolding” klasteri tomonidan Yangiariq tumanida ishga tushirilgan kompaniyada. 2020-yil, 12-mart.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Prezident Xiva shahridagi Ichan qal’a majmuasiga tashrif buyurib, Amir To‘ra madrasasida amalga oshirilgan restavratsiya ishlari bilan tanishdi. 2020-yil, 12-mart.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Xiva shahridagi Prezident maktabi. 2020-yil, 12-mart.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Urganch shahrida Xorazm viloyati va tumanlar hokimlari, mahalliy kengashlar deputatlari, davlat va jamoat tashkilotlari rahbarlari, tadbirkorlar, ziyolilar ishtirokida yig‘ilish. 2020-yil, 12-mart.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Urganch shahrida Jaloliddin Manguberdi memorial bog‘ini tashkil etish bo‘yicha loyiha taklifi namoyish qilindi. 2020-yil, 13-mart.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Turkmaniston hududidan kirib kelgan kuchli shamol Buxoro, Navoiy, Samarqand va Qashqadaryo viloyatlarida jiddiy talafotlar keltirib chiqardi, Prezident eng jiddiy zarar ko‘rgan Buxoro viloyatiga yetib kelgan. 2020-yil, 28-aprel.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Mirziyoyev Buxoro viloyatiga safari chog‘ida Bahouddin Naqshband maqbarasini ziyorat qildi. 2020-yil, 28-aprel.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Sirdaryo viloyatidagi Sardoba suv to‘g‘oni yorilishi sababli aholi punktlariga katta talafot yetdi. Prezident Shavkat Mirziyoyev zudlik bilan Sirdaryo viloyati Sardoba tumaniga yetib kelgan. 2020-yil, 1-may.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Prezident Oqoltin tumanida aholi bilan uchrashgan. 2020-yil, 1-may.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Shavkat Mirziyoyev Sardoba suv omboriga borib, to‘g‘onni tiklash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlarni ko‘zdan kechirdi. 2020-yil, 2-may.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Suv toshqiniga birinchi bo‘lib duch kelgan Sardoba tumanidagi “Navoiy” mahallasi borib ko‘rildi. 2020-yil, 2-may.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Mirziyoyev Sardobadagi favqulodda hodisa sababli Guliston shahriga evakuatsiya qilingan odamlar bilan muloqot qilib, ulardan ko‘ngil so‘radi. 2020-yil, 2-may.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Sardoba suv ombori hududida amalga oshirilayotgan tiklash-ta’mirlash ishlari bilan yaqindan tanishildi. 2020-yil, 3-may.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Prezident Sardoba tumanidagi “Qo‘rg‘ontepa” mahallasini borib ko‘rdi. 2020-yil, 3-may.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Prezident Oqoltin va Mirzaobod tumanlaridagi mahallalarni borib ko‘rdi. 2020-yil, 3-may.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Shavkat Mirziyoyev G‘alaba bog‘iga tashrif buyurib, “Matonat madhiyasi” yodgorlik majmuasiga gul qo‘ydi. 2020-yil, 9-may.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Prezident G‘alaba bog‘idagi Shon-sharaf muzeyini ko‘zdan kechirdi. 2020-yil, 9-may.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Prezident G‘alaba bog‘ida Xotira va qadrlash kuni hamda Ikkinchi jahon urushida qozonilgan g‘alabaning 75 yilligi bilan barchani tabrikladi. 2020-yil, 9-may.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Toshkent shahri Chilonzor tumanida barpo etilgan Ikkinchi perinatal markaz. 2020-yil, 9-may.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Sirdaryodagi navbatdagi tashrif davomida Prezident Sardoba tumanida bo‘lib, hududda olib borilayotgan ishlarni ko‘zdan kechirdi. Ta’mirlanayotgan xonadonlarni kirib ko‘rdi, odamlar bilan suhbatlashdi. 2020-yil, 15-may.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Sardoba tumanida mahalliy aholi vakillari bilan uchrashuv. 2020-yil, 15-may.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Mirzaobod tumanida favqulodda holatdan talafot ko‘rgan joylarda amalga oshirilayotgan ishlar ko‘zdan kechirildi. 2020-yil, 15-may.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Mirziyoyev suv toshqinidan talafot ko‘rgan Oqoltin tumanida ham bo‘lib, aholi vakillari bilan uchrashdi. 2020-yil, 15-may.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy bog‘ida barpo etilgan Adiblar xiyoboniga tashrif. 2020-yil, 20-may.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Adiblar xiyoboni yonidagi Toshkent shahri muzeyi. 2020-yil, 20-may.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Toshkentning Yashnobod tumanida barpo etilgan Bolalar milliy tibbiyot markazida. 2020-yil, 20-may.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Prezident Shavkat Mirziyoyev Toshkent shahrida Ohangaron shossesi va Maxtumquli ko‘chasi kesishmasidagi yo‘l o‘tkazgichni ko‘zdan kechirdi. 2020-yil, 20-may.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Shavkat Mirziyoyev Andijon viloyatiga kelib, dastlab Oltinko‘l tumanidagi “Ko‘hna vodiy bahori” fermer xo‘jaligida bo‘ldi. 2020-yil, 21-may.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Andijon shahridagi “VBM Tekstil Grup” mas’uliyati cheklangan jamiyat faoliyati bilan tanishuv. 2020-yil, 21-may.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Prezident Andijon shahridagi yigirmata 7 qavatli, ikkita 16 qavatli yangi uylar joylashgan mavzeni borib ko‘rdi. Xonadonlardan birida bo‘lib, oila bilan suhbatlashdi. 2020-yil, 21-may.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Marhamat tumanidagi “Vodiy hamkor agrofirmasi” tomonidan tashkil etilgan quyonchilik klasteri. 2020-yil, 21-may.

Foto: Prezident matbuot xizmati

“Zamonaviy qishloq” loyihasi taqdimotida. 2020-yil, 21-may.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Andijon shahridagi Digital City nomli texnopark. 2020-yil, 21-may.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Andijon viloyati va tumanlari hokimlari, iqtisodiyot tarmoqlari rahbarlari ishtirokida yig‘ilish. 2020-yil, 21-may.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Andijon viloyati Xo‘jaobod tumanidagi ko‘p qavatli uylar qurilishi. 2020-yil, 22-may.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Shavkat Mirziyoyev Toshkent viloyati Zangiota tumanida barpo etilayotgan ko‘p tarmoqli maxsus shifoxona qurilishi bilan tanishdi. 2020-yil, 29-may.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Mirziyoyev poytaxtning Sergeli tumanida barpo etilgan 16 qavatli uyni borib ko‘rdi. 2020-yil, 29-may.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Sergeli tumanining 5A mavzesida 329-umumiy o‘rta ta’lim maktabida. 2020-yil, 29-may.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Sergeli tumaniga Qashqadaryo viloyati biriktirilib, viloyat fermerlari o‘z mahsulotini olib kelib sotadigan savdo joyi ochildi. Davlat rahbari “Tashabbus” mahallasi hududidagi ana shunday savdo shoxobchasini ko‘zdan kechirdi. 2020-yil, 29-may.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Sergeli tumanida barpo etilgan ekopark borib ko‘rildi. 2020-yil, 29-may.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Yangi ekoparkda Sergeli tumani mutasaddilari, aholi vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. 2020-yil, 29-may.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Shavkat Mirziyoyev 5-iyun kuni Farg‘ona viloyatiga amaliy tashrif bilan keldi. 2020-yil, 5-iyun.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Davlat rahbari Farg‘ona viloyati, Toshloq tumanidagi Uz-Segang qo‘shma korxonasida ish jarayoni bilan tanishdi. 2020-yil, 5-iyun.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Farg‘ona tumanida ishga tushirilgan “Ekokerama” mas’uliyati cheklangan jamiyati. 2020-yil, 5-iyun.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Shavkat Mirziyoyev Marg‘ilondagi Hunarmandlar markazini borib ko‘rdi. 2020-yil, 5-iyun.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Farg‘ona shahrida viloyat va tumanlar hokimlari, soha va tarmoqlar rahbarlari, jamoatchilik vakillari ishtirokida yig‘ilish. 2020-yil, 6-iyun.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Davlat rahbari Farg‘ona shahridagi O‘zbekiston—Koreya xalqaro universitetida bo‘ldi. 2020-yil, 6-iyun.

Foto: Prezident matbuot xizmati

O‘zbekiston Fanlar akademiyasining Matematika institutiga tashrif. 2020-yil, 12-iyun.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Olmazor tumani Talabalar shaharchasida barpo etilgan Innovatsion rivojlanish vazirligining yangi binosi borib ko‘rildi. 2020-yil, 12-iyun.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Biz bugungi natijalarga erishish uchun pandemiya sharoitida — g‘oyat murakkab bir vaziyatda ish olib bordik. Buning uchun 2-3 karra ko‘proq mehnat qilishga, izlanish, yangi imkoniyat va resurslarni qidirib topishga to‘g‘ri keldi. Avvalo, fidoyi shifokorlarimiz o‘z jonini garovga qo‘yib, xalqimiz sog‘lig‘ini asrash uchun beqiyos jasorat va matonat ko‘rsatdilar. Bu borada Qurolli Kuchlar, Milliy gvardiya, Ichki ishlar, Favqulodda vaziyatlar vazirligi mard va jasur xodimlarining xizmatlarini alohida qadrlaymiz. Ayni vaqtda bunyodkor quruvchilar, saxovatli tadbirkorlar, mahalla faollari, muhtaram nuroniylarimiz, navqiron yoshlarimiz, ilm-fan, madaniyat va sport sohasi vakillari el-yurtimizga haqiqiy tayanch va suyanch bo‘lib maydonga chiqdilar. Har qanday sinovni birdamlik bilan yengib o‘tadigan xalqimiz mana shunday og‘ir kunlarda qudratli kuchga aylandi. Fursatdan foydalanib, sabr-matonatli, zahmatkash, olijanob va fidoyi xalqimizga, uning buyuk qahramonligi uchun yana bir bor bosh egib, ta’zim qilaman.

Shavkat Mirziyoyev, O‘zbekiston Prezidenti

Toshkentdagi Talabalar shaharchasida 6 ta 9 qavatli turar joy bunyod etildi. 216 ta xonadon jihozlangan holda foydalanishga topshirildi. Prezident mazkur uylarda yaratilgan sharoitlarni ko‘zdan kechirdi. 2020-yil, 12-iyun.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Olmazor tumanidagi NANO Medical Clinic ko‘p tarmoqli shifoxona faoliyati bilan tanishuv. 2020-yil, 12-iyun.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Olmazor tumanidagi Ardent Foods mas’uliyati cheklangan jamiyat korxonasida. 2020-yil, 12-iyun.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Prezident Olmazor tumanida Next Generation Product qo‘shma korxonasi faoliyati bilan tanishdi. 2020-yil, 12-iyun.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Olmazor tumani faollari, nuroniylar bilan uchrashuv. 2020-yil, 12-iyun.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Shavkat Mirziyoyev amaliy tashrif bilan Rossiyaga keldi. Moskva shahridagi “Vnukovo” aeroportida davlat rahbarini Rossiya hukumati rasmiylari kutib oldi. 2020-yil, 23-iyun.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Kremlda Mirziyoyevni Rossiya prezidenti Vladimir Putin kutib oldi. 2020-yil, 23-iyun.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Moskva Qizil maydonida bo‘lib o‘tgan tantanali tadbirda. 2020-yil, 24-iyun.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Moskva shahrining Aleksandr bog‘idagi “Noma’lum askar” yodgorligiga gul qo‘yish marosimi. 2020-yil, 24-iyun.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Shavkat Mirziyoyev O‘zbekistonning Moskvadagi elchixonasi yaqinida joylashgan Islom Karimov xiyoboniga ham tashrif buyurdi. 2020-yil, 24-iyun.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Shavkat Mirziyoyevning Namanganga tashrifi Pop tumanidan boshlandi. Davlat rahbari “Nuran uz” meva-sabzavotchilik klasteri faoliyati bilan tanishdi. 2020-yil, 26-iyun.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Chortoq tumani baland adir hududidagi issiqxonalar majmuasini barpo etish loyihasi bilan tanishuv. 2020-yil, 26-iyun.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Uchqo‘rg‘on tumani Norin daryosi bo‘yida joylashgan noyob baliq turlarini yetishtirish korxonasi — DB Group Eco faoliyati bilan tanishuv. 2020-yil, 26-iyun.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Shavkat Mirziyoyev Namangan shahridagi “Yuksalish” kichik sanoat zonasida amalga oshirilayotgan loyihalar bilan tanishdi. 2020-yil, 26-iyun.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Namangan shahridagi “Orzu” mahalla fuqarolar yig‘inida “Obod va xavfsiz mahalla” konsepsiyasi asosida amalga oshirilgan ishlar taqdimoti. 2020-yil, 26-iyun.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Namangan shahridagi “Afsonalar vodiysi” madaniyat va istirohat bog‘ida dam oluvchilar bilan muloqot. 2020-yil, 26-iyun.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Namangan shahrida viloyat va tumanlar hokimlari, soha va tarmoqlar rahbarlari, jamoatchilik vakillari, tadbirkorlar, yoshlar ishtirokida yig‘ilish. 2020-yil, 27-iyun.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Mirziyoyev Namangan temiryo‘l vokzalida amalga oshirilgan qurilish-rekonstruksiya ishlarini ko‘zdan kechirdi. 2020-yil, 27-iyun.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Qoraqalpog‘iston Jo‘qorg‘i Kengesi raisi – Senat raisining o‘rinbosari, O‘zbekiston Qahramoni Musa Yerniyazov 2020-yil 31-iyul kuni vafot etdi. Shavkat Mirziyoyev uning qabrini ziyorat qildi. 2020-yil, 1-avgust.

Foto: Prezident matbuot xizmati

“Bektemir metall konstruksiyalari” mas’uliyati cheklangan jamiyat zavodiga tashrif. 2020-yil, 21-avgust.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Bektemir tumanidagi “Binokor” mas’uliyati cheklangan jamiyatning ishlab chiqarish maydonida. 2020-yil, 21-avgust.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Bektemir tumanidagi Prof-Milk qo‘shma korxonasi faoliyati bilan tanishuv. 2020-yil, 21-avgust.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Prezident Bektemir tumanidagi Metal Processing mas’uliyati cheklangan jamiyatda tayyorlanayotgan mahsulotlarni ko‘zdan kechirdi. 2020-yil, 21-avgust.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Bektemir tumanidagi Cooperation LAB tarmoqlararo kooperatsiyani rivojlantirish markazi. 2020-yil, 21-avgust.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Bektemir tumanida mamlakatimizda ishlab chiqarilishi loyihalashtirilgan maxsus avtomobillar ko‘rildi. 2020-yil, 21-avgust.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Buxoro viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi, davlat va jamoat arbobi Karim Kamolov 22-avgust kuni 65 yoshida vafot etdi. Marhum Buxoro shahridagi “Hazrati Imom” qabristoniga dafn etildi. Shavkat Mirziyoyev Kamolov qabrini ziyorat qildi. 2020-yil, 23-avgust.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Mirziyoyev Buxoro shahrida Karim Kamolov xonadoniga kelib, uning rafiqasi va farzandlariga hamdardlik bildirdi. 2020-yil, 23-avgust.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Buxoro xalqaro aeroporti binosida mutasaddi rahbarlar ishtirokida yig‘ilish. 2020-yil, 23-avgust.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Toshkent metropolitenining Yunusobod yo‘nalishida davlat rahbari “Bodomzor” bekatidan yangi “Turkiston” bekatigacha poyezdda borib, amalga oshirilgan ishlarni ko‘rdi. 2020-yil, 29-avgust.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Ahmad Donish ko‘chasida amalga oshirilgan qurilish va obodonlashtirish ishlari bilan tanishuv. 2020-yil, 29-avgust.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Jamoatchilik vakillari bilan birga poyezdda. 2020-yil, 29-avgust.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Toshkentning Yashnobod tumanida barpo etilayotgan uy-joylardagi xonadonlardan birida. 2020-yil, 29-avgust.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Yashnobod tumanidagi texnoparkda ikkinchi istiqbolli loyiha – maishiy sovitkichlar ishlab chiqarish zavodi foydalanishga topshirildi. Prezident Shavkat Mirziyoyev ramziy tugmani bosib, korxonani ochdi. 2020-yil, 29-avgust.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Shahidlar xotirasi xiyoboniga tashrif. 2020-yil, 31-avgust.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Toshkent shahridagi Mustaqillik va ezgulik monumenti poyiga gulchambar qo‘yildi. 2020-yil, 31-avgust.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Prezident Shavkat Mirziyoyev 2-sentabr kuni O‘zbekistonning Birinchi Prezidenti Islom Karimov haykali poyiga gulchambar qo‘yib, uning yorqin xotirasiga hurmat bajo keltirdi. 2020-yil, 2-sentabr.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Bosh vazir o‘rinbosari O‘ktam Barnoyev 20-sentabr kuni og‘ir xastalik tufayli vafot etdi. Shavkat Mirziyoyev ta’ziyali xonadonga tashrif buyurdi. 2020-yil, 21-sentabr.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Turkiston viloyatining O‘zbekiston bilan chegaradosh hududidagi Sariag‘ash shahrida Shavkat Mirziyoyev va Qozog‘istonning birinchi prezidenti Nursulton Nazarboyevning amaliy uchrashuvi o‘tkazildi. 2020-yil, 25-sentabr.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Toshkentdagi Xalqaro kongress markazida 1-oktabr – O‘qituvchi va murabbiylar kuniga bag‘ishlangan tantanali marosim bo‘ldi. 2020-yil, 30-sentabr.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Nukus shahrida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesining navbatdan tashqari sakkizinchi sessiyasida O‘zbekiston Prezidenti ishtirok etdi. 2020-yil, 2-oktabr.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Nukus shahridagi opera va baxshichilik maktab-internati. 2020-yil, 2-oktabr.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Nukus shahridagi “Qoraqalpoq baliq sanoat” mas’uliyati cheklangan jamiyat faoliyati bilan tanishuv. 2020-yil, 2-oktabr.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Prezident Nukus shahrida barpo etilayotgan ko‘p qavatli uy-joylar va IT-parkni borib ko‘rdi. 2020-yil, 2-oktabr.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Prezident Nukus shahrida barpo etilayotgan ko‘p qavatli uy-joylar va IT-parkni borib ko‘rdi. 2020-yil, 2-oktabr.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Sirdaryo viloyati, Mirzaobod tumanidagi “Haqiqat” mahallasiga tashrif. 2020-yil, 13-oktabr.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Oqoltin tumani “Nurafshon orzu bo‘stoni” fermer xo‘jaligi dalasida. 2020-yil, 13-oktabr.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Sirdaryo viloyatining Oqoltin tumanidagi “Yangi Toshkent” mahallasi. 2020-yil, 13-oktabr.

Foto: Prezident matbuot xizmati

“Sardoba Oqsaroy tekstil” korxonasi. 2020-yil, 13-oktabr.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Sirdaryolik faollar, suv toshqinidan jabrlangan odamlar bilan uchrashuv. 2020-yil, 13-oktabr.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Mirzo Ulug‘bek tumanidagi Geologiya fanlari universitetida. 2020-yil, 16-oktabr.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari texnologik parkida. 2020-yil, 16-oktabr.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Shavkat Mirziyoyev poytaxtimizning Yunusobod tumanida barpo etilayotgan Toshkent arxitektura-qurilish institutining yangi binosini borib ko‘rdi. 2020-yil, 16-oktabr.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Davlat xavfsizlik xizmati akademiyasi va Temurbeklar maktabining qurilish jarayoni ko‘zdan kechirildi. 2020-yil, 16-oktabr.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Shahrisabz shahridagi Oqsaroy Vortex mas’uliyati cheklangan jamiyatda sintetik aralashmali ip va mato ishlab chiqarish jarayoni bilan tanishuv. 2020-yil, 12-noyabr.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Prezident Shavkat Mirziyoyev Qarshi shahridagi Davlat xizmatlari markazi va texnopark faoliyatini ko‘zdan kechirdi. 2020-yil, 12-noyabr.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Prezident Shavkat Mirziyoyev Qarshi shahridagi Davlat xizmatlari markazi va texnopark faoliyatini ko‘zdan kechirdi. 2020-yil, 12-noyabr.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Qarshi shahrida korxonalarni sog‘lomlashtirish va xususiylashtirish klinikasi ochildi. Prezident ushbu muassasani borib ko‘rdi. 2020-yil, 12-noyabr.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Prezident Shavkat Mirziyoyev Qarshi shahridagi Yoshlar markazida bo‘lib, sharoitlarni ko‘rdi. 2020-yil, 13-noyabr.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Qarshi shahrining “Navo” mahallasida 7 ta 16 qavatli uy qurilishida. 2020-yil, 13-noyabr.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Shavkat Mirziyoyev Toshkent shahridagi bunyodkorlik ishlari, sanoat korxonalari faoliyati bilan tanishishni Yashnobod tumanidagi texnoparkdan boshladi. 2020-yil, 20-noyabr.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Shavkat Mirziyoyev Mirzo Ulug‘bek tumanidagi Respublika ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi qurilishini borib ko‘rdi. 2020-yil, 20-noyabr.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Prezident Shavkat Mirziyoyev Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markaziga tashrif buyurdi. 2020-yil, 20-noyabr.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Shavkat Mirziyoyev “O‘zbekfilm” kinostudiyasiga bordi. 2020-yil, 20-noyabr.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Prezident Shavkat Mirziyoyev Toshkentning Chilonzor tumanini ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiy ettirish masalalari muhokamasi yuzasidan mahalla raislari, yoshlar, mutasaddilar ishtirokida yig‘ilish o‘tkazdi. 2020-yil, 20-noyabr.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Toshkent metallurgiya zavodi ishga tushirildi. Shu munosabat bilan o‘tkazilgan marosimda Shavkat Mirziyoyev ishtirok etdi va nutq so‘zladi. 2020-yil, 4-dekabr.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Shavkat Mirziyoyev Toshkent metallurgiya zavodidagi texnologik jarayon bilan tanishdi. 2020-yil, 4-dekabr.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Prezident Shavkat Mirziyoyev 12-dekabr kuni Xorazm viloyatiga kelib, Xonqa tumanidagi innovatsion issiqxonani borib ko‘rdi. 2020-yil, 12-dekabr.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Xorazm viloyatining Yangiariq tumanidagi Yantex Invest mas’uliyati cheklangan jamiyat faoliyati bilan tanishuv. 2020-yil, 12-dekabr.

Foto: Prezident matbuot xizmati

“Urganch” texnoparkidagi kiyim-kechak ishlab chiqaruvchi “Oq oltin mega tekstil” hamda metalldan turli mahsulotlar tayyorlaydigan Great Khorezm shirkatlariga tashrif. 2020-yil, 12-dekabr.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Urganch shahridagi UzXCMG qo‘shma korxonasida amalga oshirilayotgan loyihalar bilan tanishuv. 2020-yil, 12-dekabr.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Mirziyoyev Urganch shahrining Xonqa ko‘chasida bunyod etilayotgan ko‘p qavatli uylarni borib ko‘rdi. 2020-yil, 13-dekabr.

Foto: Prezident matbuot xizmati

O‘zbekiston yoshlari forumida. 2020-yil, 25-dekabr.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Joriy yilda Toshkent yerusti metrosining birinchi bosqichi bitkazilgan edi. Uning yana bir muhim bo‘g‘ini – Sergeli yo‘nalishi ishga tushirildi. Prezident ushbu transport obyektini borib ko‘rdi. 2020-yil, 26-dekabr.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Prezident Shavkat Mirziyoyev Sergeli tumani Qipchoq ko‘chasida qurilgan ko‘prikni ko‘zdan kechirdi. 2020-yil, 26-dekabr.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Toshkentdagi Xalqaro kongress markazida Prezidentning Oliy Majlisga navbatdagi Murojaatnomasi bo‘lib o‘tdi. 2020-yil, 29-dekabr.

Foto: Prezident matbuot xizmati

От qwert.uz