Ideal aktyorlar tarkibi qanday bo‘ladi? Gollivud aktyorlarini unuting, axir Istanbulning paxmoq yulduzlari har qanday insonni o‘ziga rom etadi

Yettita mushuk — Osman, Deniz, Psikopat, Aslan, Parkasi, Dyuman, G‘amsiz va Sari “Mushuklar shahri” hujjatli filmining bosh qahramonlari hisoblanadi, deb xabar beradi Esquire.

Foto: Legion Media

“Kinopoisk” sayti har bir mushukka alohida aktyor sifatida yondashib, ular uchun har birining surati joylashgan “profil” ochdi — deb bu haqda «Daryo» nashri  xabar beradi.    

Suratlar faqat paxmoq qahramonlarda (shuningdek, rejissor Jeyda Torunda) bor.

Skrinshot: “Kinopoisk”

“Mushuklar shahri” 2016-yilda katta ekranlarga chiqqan va ko‘plab tomoshabin hamda kinotanqidchilarga yoqqan edi. Rotten Tamotoes saytida uning reytingi 98 foizni tashkil etadi.

Foto: Legion Media

Amerikaning IMDb filmlar bazasida ham mushuklar insonlar qatori ko‘rsatilgan, biroq ularning suratlari alohida joylashtirilmagan.