Foto: Bir libosning boshqa bir odamda tamoman boshqacha turishi yulduzlar misolida

O‘z kiyinish uslubiga ega bo‘lish yaxshi, ammo u yoki bu kishiga yoqqan libosga boshqa bir odam ham ko‘z tikkan bo‘ladi. Shu sabab ham ishga yangi ko‘ylak kiygan qiz yoki ayol oradan bir necha kun o‘tib xuddi o‘zidagidek libosni boshqa bir odamda ko‘radi. Bu holat yulduzlarga ham begona emas, buni quyidagi suratlardan ham bilsa bo‘ladi  — deb bu haqda «Daryo» nashri  xabar beradi.    

Sigurni Uiver va Jeymi Li Kertis

Foto: AdMe

“Takror sen” filmining premyerasiga aktrisalar David Meister’ning feruza rangli libosida tashrif buyurgan.

Nikol Kidman va Reychel Makadams

Foto: AdMe

Nikol Avstraliyadagi taqdirlash marosimiga qora gipyur matosidan tikilgan libos kiygan. Oradan bir hafta o‘tib esa uning hamkasbi Reychel Germaniyadagi film taqdimotiga xuddi shunday libosda borgan.

Mayli Sayrus va Shteffi Graf

Foto: AdMe

Mayli suratdagi libosni MTV taqdirlash marosimiga kiygan. Sobiq tennischi esa bunday ko‘ylak bilan xayriya tadbiriga tashrif buyurgan.

Kim Kardashyan va Miranda Kerr

Foto: AdMe

Suratdagi qora kalta libosni Kim shaxsiy kosmetika brendining taqdimotiga, Miranda esa kino premyerasi uchun kiyishni ma’qul topgan.

Rebekka Xoll va Emma Roberts

Foto: AdMe

Britaniyalik aktrisa taqdirlash marosimi uchun, amerikalik aktrisa esa opera premyerasi uchun qora rangli, belida qizil bezagi bor libos tanlagan.

Keyt Moss va Yasmin Le Bon

Foto: AdMe

Modellar Stella Makkartning moda namoyishiga uzunligi va rangini aytmaganda bir xil libosda tashrif buyurgan. Keyt uzun, ko‘k rangini Yasmin esa kalta qorasini tanlagan.

Shineyd Konnor va Elza Zilbershteyn

Foto: AdMe

Rangi o‘xshash bo‘lgan, yumshoq kardigan xonanda va aktrisani befarq qoldirmagan. Shineyd ushbu kardiganni “Sirli Albert Nobbs” filmining premyerasiga Elza esa modalar haftaligiga kiyishni afzal bilgan.

Ketrin Zeta-Jons va Sara Xaylend

Foto: AdMe

Dolce & Gabbana’ning och sut rangli, uzun libosiga bir vaqtning o‘zida ikki Gollivud yulduzi oshufta bo‘lgan. Ketrin ushbu obrazda “Zorro” blokbasterining premyerasiga, Sara esa “Oltin globus” taqdirlash marosimiga borgan.

Keyt Uinslet va Syuzan Sarandon

Foto: AdMe

Ushbu ikki Gollivud yulduzining ham kiyinish borasidagi qarashlari o‘xshash, chog‘i. Keyt, Stella McCartney’ning mazkur ko‘ylagini film premyerasiga, Sarandon esa xayriya kechasiga kiygan.