Shou-biznes vakillari ko‘p bora tanqidlarga uchraydi, ammo ayrim vaqtda bunga farzandidan pul va qimmatbaho sovg‘alarni ayamagani sabab bo‘ladi  — deb bu haqda «Daryo» nashri  xabar beradi.    

Kardi Bi va Offset

Foto: Cosmopolitan

Amerikalik rep yo‘nalishida ijro qiladigan xonanda qizining birinchi tug‘ilgan kuniga Word Party multfilmi qahramonlari surati tushirilgan taqinchoq sovg‘a qilgan.

Foto: Cosmopolitan

Foto: Cosmopolitan

Brilliantlar, oq oltindan iborat taqinchoq narxi 100 ming dollarni tashkil etgan. Kalcherning ikkinchi tug‘ilgan kuniga esa otasi Hermès Birkin sumkasini taqdim qilgan. Instagram’da video e’lon qilinganidan keyin har bir moda ixlosmandi vakili orzu qiladigan sumkaning yosh bolaga sovg‘a qilinishi ko‘plab tanqidlarga sabab bo‘lgan.

Kim Kardashyan va Kanye Uest

Foto: Cosmopolitan

O‘tgan yildagi Rojdestvo bayramida Kim va Kanye qiziga Maykl Jeksonga tegishli bo‘lgan, baxmal pidjakni sovg‘a qilgan. Nyu-Yorkda auksionga qo‘yilgan pidjak, Mayklning kichik muxlisi bo‘lgan Nort uchun 65625 dollarga sotib olingan. Ushbu kiyimda pop qiroli bir necha marta, xususan, yaqin do‘sti Elizabet Teylorning 65 yoshga to‘lishi munosabati bilan tashkil qilingan ziyofatda ham namoyon bo‘lgan.

Foto: Cosmopolitan

Kichik xonimchaga ushbu kiyim to‘g‘ri kelishi uchun o‘ziga mos qilib berilgan, ammo Kim qizi katta bo‘lganida pidjakni o‘z o‘lchamiga qaytarishni rejalashtirishini ma’lum qilgan.

Kayli Jenner

Foto: Cosmopolitan

Kayli ham qimmatbaho sovg‘a ulashishda opasidan qolishmaydi. O‘tgan yili u qizi Stormining archa tagidan o‘nlab o‘yinchoqlar orasidan brilliant uzuk topib olgani aks etgan video bilan bo‘lishgan. Ko‘plab tanqidlardan keyin Kayli, videoni o‘chirishiga to‘g‘ri kelgan.

Foto: Cosmopolitan

Keyinroq esa poni (kichik ot) sovg‘a qilgani ham muxlislar tomonidan iliq munosabatlariga sabab bo‘lmagan va ushbu postni ham o‘chirib yuborgan.

Viktoriya va Devid Bekxem

Foto: Cosmopolitan

Bekhemlar qizining birinchi tug‘ilgan kuni uchun taniqli rassom Demiyen Herst tomonidan chizilgan, narxi 600 ming funt sterling (819,789 dollar) bo‘lgan yurak suratini sovg‘a qilgan. “Otasining qizi” deb nomlangan pushti surat kapalaklar bilan bezatilgan.

Beyonse va Jey-Zi

Foto: Cosmopolitan

Qizining birinchi tug‘ilgan kuni uchun mashhur juftlik 200 ming dollar evaziga bayram ziyofati uyushtirgan. Sovg‘a sifatida esa 80 ming dollarlik, 160 dona brilliant va oq tilla bilan bezatilgan bezatilgan Barbie’ni tanlangan.

Foto: Cosmopolitan

Bu hali hammasi emas, ikkinchi tug‘ilgan kuniga Blyu Ayvi, ota-onasidan ikki kichik mashina pushti Cadillac va Ferrari qabul qilib olgan.

Sandra Bullok

Foto: Cosmopolitan

Farzandida bolaligidan san’atga bo‘lgan muhabbat uyg‘otishni istagan aktrisa, o‘g‘lining ikki yoshida mashhur amerikalik rassom Endi Uorxol qalamiga mansub suratni sovg‘a qilgan. “Shaftolilar” deb nomlangan suratni Sandra auksionda 14 ming dollar evaziga sotib olgan. Auksiondan tushgan mablag‘lar xayriya maqsadida sarflangani tufayli muxlislar uning bu xarajatini u qadar tanqid qilmagan.

От qwert.uz