Hind aktrisasi Dipika Padukonening Instagram sahifasini nafaqat hindistonliklar, balki butun dunyodan muxlislar kuzatib boradi. Bir necha yil ichida aktrisaning obunachilari 52,6 millionga yetgan. To‘y marosimidagi fantastik suratlar muxlislar e’tiborini jalb qilmay qolmagan. Ammo aktrisa hammasini yangidan boshlashga qaror qilgan va 2021-yilning 1-yanvar kuni sahifasida, ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilarini bayram bilan tabriklab, minnatdorchiligini bildirgan hamda baxtli onlari muhrlangan suratlarni o‘chirib tashlagan — deb bu haqda «Daryo» nashri  xabar beradi.    

Foto: DNA india

Aftidan bu orqali aktrisa hayot hech qachon avvalgidek bo‘lmasligi, tushkunlikka tushmasdan yangi hayot hikoyasini yozish kerakligiga ishora qilgan.

Shundan keyin Instagram sahifasiga Yangi yilda qanday obrazda bo‘lganini ko‘rsatish maqsadida joylagan postiga aktrisa yaqinlari va oila a’zolarining kuzatishi hamda xushomadlariga ko‘ra, professional yutuqlarni qo‘lga kiritganiga qaramay, shaxs sifatida o‘zgarmagani va bu borada ularning roli naqadar beqiyos ekanligini haqida ularning o‘zlari oz-moz bilishi, oilasi va do‘stlari bilan vaqtini uzluksiz chog‘ o‘tkazish g‘oyat muhim ekanligini yozib qoldirgan. Shuningdek, izohda, vaqtini bunday o‘tkazish uni o‘zidan ketib qolmasligi, qayerdan kelgani va hozirda erishgan marralariga yetib kelishi uchun nimalar kerak bo‘lganini eslatib turishini qo‘shimcha qilib, boshqalarga ham tanaffus qilishni tavsiya qilgan.

От qwert.uz