Urfga yana barcha yaxshi ko‘rib kiyadigan jinsi matosidagi klyosh shimlar qaytmoqda. Albatta, tizzadan pastga qarab kengayib ketuvchi shimlarni qanday kofta yoki kostyumlar bilan kiyish mumkin degan savol ham tug‘ilishi tabiiy. Bu borada stilistlar jinsi shimlar uchun ajoyib kombinatsiyani hosil qiladigan yuqori qism kiyimlari yoki aksessuarlar haqida o‘zlarining tavsiyasini ayamaydi  — deb bu haqda «Daryo» nashri  xabar beradi.    

Tepa qism mos bo‘lishi kerak

Foto: Cosmopolitan

“Butcut” uslubidagi jinsi shim aynan shu matodagi ko‘ylak va kostyum bilan juda ham ajoyib ko‘rinishga ega bo‘ladi. Kofta va shimning uyg‘unlashuvi hamda kostyum tufayli uslubning boyitilishi har qanday go‘zal xonim tashqi ko‘rinishida muhim rol o‘ynaydi. Shuningdek, bu kabi jinsi shimlar to‘qilgan sviter va jemperlar bilan ham moslasha oladi.

Ustki kiyim ham muhim sanaladi

Foto: Cosmopolitan

Klyosh shimlarni mo‘ynalar yoki ularning kaltaroq uslubdagisi bilan kiyish mumkin. Shuningdek, mo‘yna xarid qilishda ularning sun’iysini sotib olish tavsiya etiladi. Sababi ular har qanday ob-havoda ham chidamli hisoblanadi. Qomatni yanada ixcham va uzun ko‘rsatish uchun esa mo‘yna bichimi trapetsiya shaklida bo‘lishi afzal. Shundagina klyosh shim bilan hosil qilingan kombinatsiya tashqi ko‘rinishdagi nuqsonlarni yashiradi.

Poyabzallar uchun ham alohida tanlov lozim

Foto: Cosmopolitan

Ushbu model keng poshnali poyabzallar bilan yaxshi ko‘rinishi mumkin. Klyosh shimning ichida oyoq kichkina yoki umuman ko‘rimay qolmasligi uchun ham biroz oyoqqa hajm qo‘shadi. Old qismi to‘rtburchak tufli yoki etiklar ham yanada chiroyli tasvirni yaratishga yordam beradi.

Jinsi shim va aksessuarlar

Foto: Cosmopolitan

Klyosh jinsi shimlar jasur, o‘ziga ishonuvchan va dadil qiz obrazini yaratishda yordam beradi. Demak, bunday uslubda aksessuar tanlashda juda ehtiyot bo‘lish kerak. Masalan, to‘qilgan sumka, shlyapa, dumaloq ko‘zoynak kabilar obraz uchun ajoyib qo‘shimcha bo‘ladi. Ushbu ko‘rinish bilan filmlardagi bezori qizlarni yodga solish hech gap emas.

Aralash uslub hosil qilish mumkin

Foto: Cosmopolitan

Klyosh shimlarni nafaqat yuqorida tavsiya qilinganlar bilan kiyish, balki klassik uslubdagi nafis koftalarga ham moslash mumkin. Masalan, klyosh shimlar pancho yoki shunga o‘xshash koftalar bilan uyg‘unlashtirish folklor uslubini ham yodga soladi. Qisqa qilib aytganda, klyosh jinsi shimlar boshqa liboslarga o‘xshab injiq emas va faqat birgina libos kombinatsiyasi bilan cheklanmaydi. Shunday ekan, garderobdagi mavjud narsalar bilan uyg‘unlashish imkoniga ega klyosh jinsi shimdan unumli foydalanish mumkin.

От qwert.uz