AQSh Kongressi 7-yanvar kungi majlisida Jo Baydenning AQShning 46-prezidenti etib saylanganini tasdiqladi, deb xabar beradi Meduza.

Foto: EPA

Jo Bayden saylovchilar hay’atining 306 ta ovozini qo‘lga kiritgan, g‘olib bo‘lish uchun kamida 270 ta ovoz to‘plash kerak  — deb bu haqda «Daryo» nashri  xabar beradi.     AQShning amaldagi prezidenti Donald Tramp rasman 232 ta ovozga ega bo‘lgan. Baydenning inauguratsiyasi 20-yanvarga belgilandi.

Respublikachilarning bir qator shtatlarda, shu jumladan, Pensilvaniya va Jorjiyadagi ovoz berish yakunlariga e’tiroz bildirishga urinishlari natija bermadi.

Jo Baydenning g‘alabasi rasman tasdiqlanganidan keyin Donald Tramp hokimiyatning “tartibli” topshirilishiga va’da berdi.

“Saylovlar natijalariga butunlay qarshi bo‘lishimga, faktlar esa buni tasdiqlashiga qaramay, 20-yanvar kuni vakolatlar tartib bilan o‘tkaziladi”, — deya Trampning bayonotidan iqtibos keltirdi CNN.

Ma’lumot uchun, 2021-yil 20-yanvar kuni saylangan davlat rahbari demokrat Jo Bayden o‘z lavozimiga kirishishi kerak. Dekabr o‘rtalarida saylovchilar hay’ati Trampning saylovdagi bosh raqibini Amerikaning 46-prezidenti deb e’lon qildi.

6-yanvar kuni Donald Trampning tarafdorlari soqchilar zanjirini yorib o‘tib, Vashingtondagi AQSh Kongressi binosiga bostirib kirdi. Ular prezident saylovlari natijalarini tasdiqlashga bag‘ishlangan kongress majlisini to‘xtatib qo‘ydi. Kongressmenlarning bir qismi Kapitoliydan evakuatsiya qilindi. Vashingtonda komendantlik soati e’lon qilindi, tartibni saqlash uchun AQSh poytaxtiga Milliy gvardiya kuchlari kiritildi. To‘qnashuvlarda to‘rt kishi halok bo‘lgani aytilmoqda.

От qwert.uz