Farg‘ona viloyatida dronlar yordamida aniqlangan qoidabuzar haydovchilarga nisbatan ma’muriy bayonnomalar rasmiylashtirish boshlandi. Bu haqda 7-yanvar kuni viloyat IIB matbuot xizmati xabar berdi.

Foto: Farg‘ona viloyati IIB matbuot xizmati

Eslatib o‘tamiz, 1-yanvardan boshlab Farg‘ona viloyatida yo‘l harakati qoidalariga va jamoat joylarida tibbiy niqob rejimiga rioya etilishi ustidan dronlar yordamida nazorat o‘rnatilgan — deb bu haqda «Daryo» nashri  xabar beradi.    

Ushbu qurilmalar yordamida kun-u tun patrullik tashkil etilib, belgilangan tezlikka, yo‘l chiziqlariga, svetofor ishoralariga amal qilmagan, piyodalar o‘tish joylarida piyodalarga yo‘l bermagan haydovchilar, shuningdek, jamoat joylarida tibbiy niqobdan foydalanmagan hamda jamoat tartibini buzgan fuqarolar tomonidan sodir etilgan huquqbuzarlik qayd etiladi.

Avvalroq Farg‘onada yo‘l harakati qoidabuzarliklarini qayd etuvchi kameralar ishga tushgani hamda Urganchdagi 4 ta chorrahaga qoidabuzarliklarni qayd etuvchi videokuzatuv kameralari o‘rnatilgani haqida xabar berilgandi.

От qwert.uz