“Xorazm hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” bosh direktori Murodboy Bazarimbetov pora olishda gumon qilinib, hibsga olindi. Bu haqda “Daryo”ga “Hududiy elektr tarmoqlari” korxonasi ma’lum qildi  — deb bu haqda «Daryo» nashri  xabar beradi.    

Foto: “Xorazm hududiy elektr tarmoqlari korxonasi”

“Kun.uz”ning Urganch shahar xalq deputatlari kengashi a’zosiga tayanib ma’lum qilishicha, Bazarimbetov o‘rtaga ishonchli odamini qo‘yib, yonilg‘i quyish shoxobchasini elektr tarmog‘iga ulab berish uchun tadbirkordan 20 ming AQSh dollari so‘raganlikda gumonlanmoqda. Keyinchalik bu qiymat 15 mingga tushirilgan.

Shundan so‘ng tadbirkor deputatga shikoyat qilgan. U esa o‘z navbatida huquq-tartibot idoralarini xabardor qilgan.

Ular maxsus tadbirda o‘rtadagi shaxsni hamkorlik qilishga ko‘ndirgan. 24-dekabr kuni o‘rtadagi ishonchli shaxs pulni Bazarimbetovning kabinetiga kiritib berganidan so‘ng, huquq-tartibot idoralari xodimlari rahbarni qo‘lga olgan.

Deputatning so‘zlariga ko‘ra, tezkor tadbirda o‘rtadagi shaxs va rahbarning muloqoti yozib olingan. Audioyozuvlarda rahbarning o‘rtadagi shaxsga qarata aytgan “Pulning hammasini berdimi? Hammasini oldingmi? Mana bu tumbochkaga qo‘y” degan so‘zlari bor.

Ayni paytda Bazarimbetov hibsda saqlanmoqda va holat yuzasidan tergov harakatlari olib borilmoqda.

Avvalroq bir necha milliard so‘mlik davlat buyurtmalarini tender buyurtmachisi rahbari oilasiga tegishli korxona qo‘lga kiritgani ma’lum bo‘lgani, Sardobada 4 gektar yerni poliz ekinlarini ekishga ajratib bergani uchun 20 million so‘m pora olgan uyushma raisi ushlangani hamda Toshkentda 352 ming dollarga yer sotmoqchi bo‘lgan tuman hokimligi mansabdori qo‘lga olingani haqida xabar berilgandi.

От qwert.uz