Xitoyda qurilayotgan muz inshootlaridan fotojamlanma

Xitoyning Harbin viloyatidan o‘tuvchi yuzasini muz qoplagan Sangxua daryosida 300 dan ziyod “muz qazuvchilar” tong otmasdan ish boshlaydi. Qishki festival uchun qurilayotgan muz inshootlari haqida Reuters fotoreportaj tayyorladi.

Sangxua daryosi ustidan muz kesib olmoqchi bo‘layotgan ishchi.

Foto: Reuters

Muzyorar asboblar bilan qurollangan ishchilar bir kilometr kenglikdagi daryo yuzasini qoplagan muzdan yirik bo‘laklarni kesib oladi  — deb bu haqda «Daryo» nashri  xabar beradi.    

Ishchilardan biri muzga ishlov berish uchun arra olib ketmoqda.

Foto: Reuters

U yerdagilarning aksariyati qurilish ishchilari yoki fermerlardir. Ular tizzagacha rezina etik, egniga kurtka va qalin qo‘lqop kiyib, sovuq urmasligi uchun qulog‘iga telpagini bostirib oladi.

Ishchilar muz konstruksiyasini qurmoqda.

Foto: Reuters

“Muz qazish uchun har kuni ertalab soat 6 da kelamiz”, — deydi 40 yoshli Zeng Vay. “Ba’zan belgilangan vaqtdan ortiq ishlashga to‘g‘ri keladi, 8-9 gacha, hatto yarim tundan ham o‘tib ketadi”.

Chodir shaklidagi oshxonada ishchilarga tushlik uchun yegulik berilmoqda.

Foto: Reuters

Tushlik shohona emas — bir kosa issiq makaron, xamirli do‘lma yoki bug‘da pishirilgan bulochka. Yog‘och ustunlar va polietilendan yasalgan chodir shaklidagi oshxonalarda biroz isinish mumkin.

Daryo bo‘yida muz ortiladigan yuk mashinalar saf tortib turibdi.

Foto: Reuters

Dekabr boshidan beri daryodan har kuni  o‘n minglab muz bo‘lagi yuk mashinalari yordamida Harbindagi har yili qishki festival o‘tkaziladigan joyga tashiladi. U yerda muzdan qasrlar, ibodatxonalar, ko‘prik va hatto yemakxonalar ham quriladi.

Daryo muzining ahamiyati nihoyatda katta.

“Sun’iy muz bunchalik qalin emas, shamolga bardosh berolmaydi”, — deydi 20 yildan beri festival uchun muzga ishlov berib kelayotgan Uang Kyushing.

Ishchilar muz bo‘lagini ehtiyotkorlik bilan joylamoqda.

Foto: Reuters

Tashkilotchilar festivalgacha  haykallarni tezroq bitkazish uchun kimo‘zarga bellashadi, maydon forklift, kran va iskanalarga to‘lib ketadi.

Muz bo‘laklari ehtiyotkorlik bilan bir-birining ustiga yotqizilarkan, ishchilar ularni arra bilan qirqib, ayrisimon va tishsimon uskunalar yordamida shaklga solib sayqallaydi.

Muz inshootlarini qurish jarayonidan lavha.

Foto: Reuters

37-Harbin xalqaro muz-qor festivalida chang‘ida uchish, suzish musobaqalari va to‘y marosimlari o‘tkaziladi. Rangli chiroqlarga cho‘mgan muz haykallaridan iborat park esa festivalga o‘ziga xos ko‘rk beradi.

Koronavirus tufayli Xitoy xalqaro chegaralari qat’iy cheklov ostida turibdi. Shuning uchun kelgusi oy -35 darajali havoda  muz haykallarini ko‘rishga keladigan mehmonlar asosan mahalliy sayyohlar bo‘lishi kutilmoqda.

Muzli inshootlarni qurish jarayonidan lavha.

Foto: Reuters

Muz bo‘lagi boshqa joyga ko‘chirilmoqda.

Foto: Reuters

Muz bo‘lagining yuzasi silliqlanmoqda.

Foto: Reuters

Muz inshooti qurish jarayonidan lavha.

Foto: Reuters

Muzdan ulkan Budda haykali qurilmoqda.

Foto: Reuters

Ishchilar tushlik tayyor bo‘lishini kutmoqda.

Foto: Reuters

Ishchilar polietilen chodir ichida ovqatlanmoqda.

Foto: Reuters

Suratga tushayotgan ishchi.

Foto: Reuters

Muz bo‘laklarini ulash uchun suvdan foydalaniladi.

Foto: Reuters

Suratga tushayotgan ishchi.

Foto: Reuters

Muzga ishlov berish jarayoni.

Foto: Reuters

Muz bo‘lagini tashiyotgan ishchi.

Foto: Reuters

Muzdan qurilgan inshoot.

Foto: Reuters

Daryo bo‘yidagi yuk mashinalariga muz ortish uchun forkliftlardan foydalanilmoqda.

Foto: Reuters

Yuk mashinasiga muz ortib bo‘linishini kutayotgan haydovchi.

Foto: Reuters

Qurilish rejasini ko‘zdan kechirayotgan ishchi.

Foto: Reuters

Muzyorarlar yordamida daryodan muz olayotgan ishchilar.

Foto: Reuters

Muz olish jarayoni.

Foto: Reuters

Daryodan muz bo‘lagi olish uchun ishchi gaff deb nomlanadigan asbobni ko‘tarib ketmoqda.

Foto: Reuters