«Sport oʼyinlari xaqida» tez aytishlar

Vali bolalar bilan voleybol oʼynadi.

Boqi buvasi bilan boks boʼyicha baxslashdi.

Tengiz va Chingiz tennisda tengsiz.

Fargʼonada futbol boʼldi — futbolda «gol» boʼldi.

Boston basketbolchilari basketbol boʼyicha barchaga bas keldilar.

Yura yurtida yurakdan yugurib yurardi.

Bolalar gandbolni «qani boʼl» deb boshladilar.

Suluv suzuvchi qizlar suvda suv parilariday suzishardi.

Xokkeyni kekkayib oʼynama — «okey»!

Oʼratepadagi oʼyingoxda gox-gox oʼzaro oʼyinlar oʼynaladi.

Аkram tramplindan shaxdam sakradi.

Dongʼi chiqqan — togʼda changi chiqqan changʼichilar togʼ changʼisida chaqqon chiqdilar.

Erta bilan delьtaplanda aylan.

Bolalar birgalikda bemalol biatlon boʼyicha bellashdilar.

Shaxmat-shashka mashqini gashti boshqa.

Vali poygachi velopoygani foydasiga velopised oldi.

Sen bola — gandbol bilan band boʼl.

Biatlon bilan bemalol bellashgani otlan.

Regina regbida raqibini yengib, rekordni yangiladi.

Madaminjon Madmintonda maxmadona Maxmudjonni magʼlub qildi.

Xullasi kalom Аbdusalom olamda Slalomda tengsiz.

Bexruz — boks baxsida toʼla-toʼkis boʼlganligi bois, tengsiz.

Karatechilarni karate xarakati gʼalati.

Katmanduda Taekvondo toʼgaragi ochilgandi.

Qilich — qilichbozlik qilishni qoyillatdi.

Qurash «qorash» ga kurash yarashdi.

Abdulla Pulatov

  • Materiallar faqat shaxsiy maqsadlarda foydalanish uchun: Materiallardan tijorat maqsadlarida foydalanish, tarqatish qonun bilan taqiqlanadi.
  • «Mualliflik xuquqi va turdosh xuquqlar to‘g‘risida» gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni: № 42 son, 20 iyun. 2006 yil.

© MUALLIF