“Muhtasham yuz yil”, “Sevgi iztirobi” singari seriallardagi roli bilan mashhur bo‘lgan Burak O‘zchivit “Qurilish: Usmon” serialining suratga olish jamoasi bilan birgalikda Grozniyga jo‘nab ketdi. Checheniston Respublikasi rahbari Ramzan Qodirov serial ijodkorlari bilan ko‘rishgani haqida “VKontakte”da yozib qoldirgan, deb yozadi “Grozniy.ru today”.

Foto: 360 tv.ru

O‘zchivitdan tashqari prodyuser Mehmet Bozdag‘, rejissor Metin Gunay va turk kinosanoatining boshqa yulduzlari ham tashrif buyurgan  — deb bu haqda «Daryo» nashri  xabar beradi.     Mehmonlar uchun Checheniston estradasi yulduzlari va raqs guruhlari ishtirokida konsert taqdim qilingan.

Dagun Omayev nomli tantana uyida bo‘lib o‘tgan tadbirdan keyin turkiyalik mehmonlar uchun kechki ovqat tashkil qilingan.

Mehmonlar bilan qurgan suhbatidan mamnun ekanini bildirgan Ramzan Qodirov suratga olish jamoasi a’zolarini iste’dodli, samimiy va xushfe’l ekanligini ta’kidlagan.

Foto: Yeni Akit Gazetesi

Shuningdek, “ummatimizning boy tarixini saqlash va ommalashtirishga qo‘shgan hissasi” uchun minnatdorchilik bildirgan.

От qwert.uz