Bir necha yillar avval o‘zining chiroyi bilan filmlarning muvaffaqiyatiga hissa qo‘shgan aktrisalar hozirda ham o‘z ko‘rinishini qisman bo‘lsa-da saqlab qolgan. Oradan o‘tgan ayovsiz yillar ularni tanib olishga to‘sqinlik qilmaydi.

Brijit Bardo

Foto: “spletnik.ru”

Dunyo miqyosida shuhrat qozongan aktrisa bir necha filmlarda rol ijro etgan  — deb bu haqda «Daryo» nashri  xabar beradi.     Uni nafaqat aktrisa deyish mumkin, balki jonzotlarni himoya qilish faoli sifatida ham tanilgan. Bardo hayvonlarni himoya qilish fondiga asos solgan va bu orqali bir qancha foydali ishlarni amalga oshirib kelmoqda.

Katrin Denyov 

Foto: “likeness.ru”

Katrin ham navbatdagi eng mashhur fransuz aktrisalaridan biri bo‘lishiga qaramay, Amerika u haqda asosan parfyumeriya yangiliklariga bag‘ishlangan reklamalar qahramoni sifatida biladi.

Mishel Mersye

Foto: “spletnik.ru”

Mishel ham fransuz filmlarida ajoyib rollarni ijro etgan mahoratli aktrisalardan biri. Oradan o‘tgan yillar uni o‘zgartirishga harakat qilgan bo‘lsa-da, ammo sochlariga ta’sir o‘tkaza olmagani sezilib turibdi.

Marina Vladi

Foto: “TASS”

Fransuz pasportiga ega rus aktrisasi. Ushbu aktrisaning muxlislari nafaqat ijrolari uchun, balki rus va fransuz o‘rtasidagi madaniy aloqani rivojlantirishga qo‘shgan hissasi uchun ham yaxshi ko‘radi.

Vanessa Paradi

Foto: “kulturologia.ru”

Vanessa 20 yil davomida Jonni Depp bilan orasidagi munosabatlar tufayli muxlislarni xursand etgan bo‘lsa-da, oilaviy baxtni rejissor Samyuel Benshetridan topdi. Aktrisa hanuzgacha latofatli ko‘rinishini saqlab qolgan.

Odri Totu

Foto: “spletnik.ru”

Odri oradan 20 yil vaqt o‘tsa ham o‘sha-o‘sha. Faqatgina soch turmagiga o‘zgartirish kiritgan. Tabassum, ko‘zlar xuddi yoshlikdagidek. Uning 10 yil avval ijro etgan “Koko Shanel”dagi bosh rolidan keyin moda uyi aktrisani №5 parfyumeriya yuziga aylantirgan.

Sofi Marso

Foto: “pimpam.ru”

16 yoshidanoq mashhurlikka erishgan aktrisa keyinchalik romantik ayolga aylangan. Uni 52 yoshida ham bemalol taniy olish mumkin. Sababi aktrisa pardozga juda ham mukkasidan ketmagan. Ammo zamonaviy uslubni yaxshi ko‘radi.

Letitsiya Kasta

Foto: “spletnik.ru”

Uning filmografiyasi unchalik ham katta bo‘lmasa-da, ammo bu unga dunyoning mashhur aktrisasiga aylanishiga to‘sqinlik qilmadi. U ko‘proq reklama kompaniyalarida, Victoria’s Secret’dan L’Oreal’ga qadar yuzi bo‘lishga muvaffaq bo‘lgan. Uning teri parvarishiga qoyil qolish mumkin, chunki 40 yoshida ham yosh va tabiiy ko‘rinadi.

Emmanuel Bear

Foto: “spletnik.ru”

Noto‘g‘ri estetik aralashuv aktrisani 27 yoshida deyarli tanib bo‘lmas darajada o‘zgartirdi. Aktrisa barchasini ortga qaytarishga harakat qilmasin, muvaffaqiyatsiz kechgan plastik jarrohlik izlari hanuzgacha yaqqol sezilib turibdi.

Karol Buke

Foto: “spletnik.ru”

Aktrisaning yoshligidagi navqironligi yillar o‘tgan sayin o‘ziga ishongan, latofatli va jasur ko‘rinishni hosil qilgan. Aktrisa endilikda go‘zallikni qanday ta’kidlashni biladi.

От qwert.uz