Bollivud kartinalari tomoshabinni butunlay hayratga solishi tabiiy: ajoyib qahramon va dialoglar, yoqimli raqs va qo‘shiq yoki kutilmagan yakun. Shu bilan bitta aktyor ijobiy va salbiy rollarni ijro etgan kinolari alohida qiziqish uyg‘otadi  — deb bu haqda «Daryo» nashri  xabar beradi.    

“Qiyofadosh” filmidagi Shohrux Xon

Foto: Bollywoodtime

Filmdagi sodda yigit Bablu mehmonxonaning bosh oshpaziga aylanishni orzu qiladi. Shuning uchun ham ularning biriga ishga joylashadi. U yerda mehmonxona boshqaruvchisi Sonani uchratadi. Ammo muammo shundaki, Bablu ikki tomchi suvdek o‘xshash qamoqdan qochib ketgan qaroqchi Manuga o‘xshaydi. Bundan xabar topgan Manu Babluning o‘rnini egallashga harakat qiladi va shu tariqa politsiyadan yashirinadi.

Foto: “zee-tv.ru”

Film premyerasi 1998-yilda bo‘lib o‘tgan. O‘sha vaqtgacha Shohrux Xon romantik rollar ijrochisi sifatida tanilgan edi. Shuning uchun ham uning jinoyatchi sifatida ko‘rinishi tomoshabin uchun yangilik bo‘ldi. Yana shunga o‘xshash holatni “Muxlis” filmida ham ko‘rish mumkin. Ushbu kartinada muxlis o‘zining sevimli xonandasiga nihoyatda o‘xshash. Ammo film ssenariysiga ko‘ra ikkala obraz ham salbiy xarakterga ega.

“Robot” filmidagi Rajinikant

Foto: “Yandeks Dzen”

Doktor Vasigaran yaratgan noyob robot jang qiladi, qo‘shiq kuylaydi, raqsga tushadi, olovga chidamli hamda suv o‘tkazmaydi. U inson qila oladigan barcha ishni amalga oshiradi. Robotning ismi Chitti. Bir kuni Vasi unga insoniy his-tuyg‘ularni qo‘shishga qaror qiladi. Shundan so‘ng robot Vasining kelinini sevib qoladi.

Foto: “Yandeks Dzen”

Aytgancha, robot olimning o‘ziga o‘xshash tarzda yaratilgani uchun ikkisini ham Rajinikant ismli aktyor ijro etgan. Shuni ta’kidlash kerakki, film Bollivudda emas, balki Kollivudda suratga olingan.

“Tinchimagan egizaklar” filmidagi Govinda

Govinda o‘zini iste’dodli komik aktyor sifatida namoyon qilgan. U “Tinchimagan egizaklar” filmida tomoshabinni boshidan oxirigacha kuldirishiga to‘g‘ri kelgan bo‘lsada, salbiy rolni ham ijro etishi kerak bo‘lgan.

Foto: “Yandeks Dzen”

Sher Singx – tanilish niyatida Mumbayga kelgan yosh ssenariynavis. Ammo u dastlab avtosalonda ishlashga majbur bo‘ladi. Mumbayda qahramon boy oilaning qizi Nisha bilan uchrashadi. Sher o‘zini Shekxar deb tanishtiradi. Juftlik turmush qurishga qaror qilganidan so‘ng yigitning onasi o‘g‘lini qishloqqa chaqiradi. Qishloqqa borgan Sher singlisini turmushga chiqayotganini biladi, ammo kuyov shart qo‘ygan edi: unga ko‘ra, Sher yoshligida kuyovning opasi unashtirilgan Svitiga uylanishi kerak edi. Sherning oldida ikki yo‘l singlisining baxti va Nisha turar edi. U birinchisini tanlaydi va shaharga qaytganidan so‘ng Nishani otasining do‘stining o‘g‘liga majburlab uzatayotganini biladi. Nisha Sher bilan turmush qurishni, aks holda o‘zini o‘ldirish bilan qo‘rqitadi. Natijada Sher ikki oilali erkakka aylanadi. Ko‘p o‘tmay ikki ayol ham o‘g‘il ko‘radi. Voqealar davomini bilish uchun filmni albatta, tomosha qilish kerak.

“Millionerning qiziga uylanmoqchiman” filmidagi Paresh Reval

Foto: “Yandeks Dzen”

Amir Xon va Salmon Xon Hindistonga millionlab boylikka ega kelin kelayotgani haqidagi maqolani o‘qib qoladi. Qahramonlar ikki qizning joylarini hazillashib alamshtirishga qaror qiladi. Ularning biri Ravina – millionerning qizi, ikkinchisi Karishma – uning dugonasi bo‘lib chiqadi.

Foto: “Yandeks Dzen”

Paresh Raval filmda ikki egizak rolini ajoyib tarzda ijro etgan. Birinchisi Ram Gopal Bajaj va ikkinchisi yovuz Teja. Teja boylikka erishish uchun akasini o‘g‘irlab ketadi va film davomida barchani aldaydi, chunki egizaklarni hech kim ajarata olmas edi.

От qwert.uz