Dueyn Jonson, Nargiz Zokirova va boshqa yulduzlarning siz avval ko‘rmagan suratlarini taqdim qilamiz.
Dmitriy Nagiyev
Foto: Cosmopolitan
Istarali Nagiyev yoshligida tamoman boshqa ko‘rinishda bo‘lgan va obrazi ham shunga yarasha bo‘lgan. Bora-bora kal bo‘lib yurishni tanlaganidan keyin esa muxlislari avvalgidan ko‘paygan, karyerasida esa muvaffaqiyat kuzatiladigan bo‘lgan — deb bu haqda «Daryo» nashri xabar beradi.
Vin Dizel
Foto: Cosmopolitan
Vinning sochlari qalin va qora rangda bo‘lgan. Tungi klubda mast va bezorilarni haydab chiqaradigan xodim bo‘lib ishlagan vaqti esa soch turmagini o‘zgartirishga qaror qilgan. U jingalak sochlaridan ko‘ra kal boshi bilan jiddiyroq va salobatli ko‘rinaman, deb o‘ylagan. Olifta yigit imiji esa kinematografiyada yuqori cho‘qqilarni zabt etishiga yordam bergan.
Gosha Kutsenko
Foto: Cosmopolitan
Yoshligida Goshaning sochlari uzun, deyarli yelkaga tushib turadigan bo‘lgan. 1966-yilda esa aktyor sochlarini qirdirib tashlagan. Bunday qarorga u bo‘lajak rafiqasi bilan uchrashuvga chiqqanidan keyin kelgan. Aktyor ko‘rinishini o‘zgartirganidan aslo afsuslanmaydi. Qolaversa, sochlarini oldirgani jiddiy ko‘rsatgani sabab ham loyihasi uchun shunday qahramon qidirayotgan rejissorlardan takliflar ko‘paya boshlagan.
Nargiz Zokirova
Foto: Cosmopolitan
Xonanda bergan intervyulardan birida tashqi ko‘rinishi bilan turli eksperimentlar qilishiga onasi qarshilik qilmagani, ammo yuziga tegmaslikni iltimos qilganini ma’lum qilgan.U sochini oldirib tashlaganidan keyin oynaga qarab qo‘rqib ketgan va yig‘lagan. Shunga qaramay, ko‘p yildan buyon obrazini o‘zgartirishga qaror qilmaganini bilish qiyin emas.
Dueyn Jonson
Foto: Cosmopolitan
Suratga nazar tashlab aktyor sochlari bilan yuvosh va beozor ko‘rinishini bilish mumkin. Eksperiment sifatida kal bo‘lgan Dueyn ushbu ko‘rinishni yoqtirib qolganidan keyin imijini o‘zgartirmagan.
Fyodor Bondarchuk
Foto: Cosmopolitan
Bondarchuk imij haqida o‘ylab ko‘rmagan, shunchaki klip suratga olish jarayonida issiq bo‘lgani sabab sochlarini oldirib tashlagan. Shundan keyin Fyodor bunday ko‘rinishni yoqtirib qolgan, u kal insonlar ko‘proq erkin bo‘lishini ta’kidlaydi.
Bryus Uillis
Foto: Cosmopolitan
Bryus sochlarini norozilik sifatida oldirib tashlaganini ma’lum qilgan. Uning fikricha, soch o‘stiradigan vositalar reklamasi sochsiz erkak ko‘rkam ko‘rinmaydi, degan fikrni targ‘ib qiladi. “Mardlik boshdagi sochga emas, fe’l-atvorga bog‘liq bo‘ladi”, – degan aktyor. Bunday nuqtayi nazarni ilgari surgani uchun ko‘plab yigitlar unga tashakkur bildirishini ta’kidlagan.
Iosif Prigojin
Foto: Cosmopolitan
Prodyuserning 90-yillarda qora, qalin sochlari bo‘lgan. Avvalgi ko‘rinishi ham chakki emasligini ta’kidlaydigan Iosif sochimni yana o‘stirsammikin, deb hazil qiladi.