Vitaminlarga boy bo‘lgan navbatdagi pirog retsepti bilan tanishing.

Foto: Lifehacker

  — Манба: «Daryo» nashri.

Kerakli mahsulotlar:

  • un − 1-2 osh qoshiq;
  • qatlama xamir − 450-500 gramm;
  • tvorog − 250 gramm;
  • tuxum − 3 dona;
  • ismaloq − 200 gramm;
  • qattiq pishloq − 100-120 gramm;
  • yong‘oq − 1/2 choy qoshiq;
  • sut − 1/2 osh qoshiq;
  • tuz va ziravorlar.

Tayyorlanish jarayoni

  1. Xamir yoyilib, ikkita bo‘lakka ajratiladi.
  2. Maxsus qolip yog‘lanib, xamirning bir bo‘lagi joylashtiriladi.
  3. Tuxum, ismaloq, pishloq, tvorog va tuz hamda ziravorlar aralashtiriladi.
  4. “Nachinka” xamir yuzasiga bir tekisda joylashtiriladi.
  5. Xamirning ikkinchi qismi aralashma ustidan yopiladi va chetlari birlashtiriladi. Pirog yuzasi naqshli bo‘lishi uchun pichoq yordamida xamir ustida bir qancha kesmalar qoldirish mumkin.
  6. Xamir yuzasiga sut surtiladi.
  7. 200 daraja pechda 35 daqiqa davomida pishiriladi.

Yoqimli ishtaha!

От qwert.uz