Shirinlikni tayyorlash juda oddiy bo‘lsa-da, shokolad va tvorog mazasining uyg‘unlashuvi hech kimni befarq qoldirmasligi aniq.

Foto: Lifehacker

  — Манба: «Daryo» nashri.

Kerakli mahsulotlar:

Xamir uchun:

  • Sariyog‘ − 180 gramm;
  • Shakar − 190 gramm;
  • Smetana − 2 osh qoshiq;
  • Un − 300 gramm;
  • Kakao kukuni − 40 gramm;
  • Qabartma (razrixlitel) − 1 choy qoshiq;
  • Shokolad va tuz.

Nachinka uchun:

  • Tvorog − 500 gramm;
  • Shakar − 100 gramm;
  • Tuxum − 1 dona;
  • Vanilin.

Tayyorlanish jarayoni:

  1. Sariyog‘ eritilib, sovitishga qo‘yiladi. So‘ng shakar, tuz va smetana bilan ko‘pirtiriladi.
  2. Un, kakao va qabartma alohida idishda aralashtiriladi.
  3. Unli aralashma oz-ozdan sariyog‘li massa ustidan solinadi. Bir xil quyuq xamir bo‘lgunga qadar aralashtiriladi.
  4. Xamir 2 soatga muzlatkichga qo‘yiladi.
  5. Tvorog shakar, tuxum va vanilin bilan aralashtiriladi.
  6. Agar tvorog quruq bo‘lsa, massani blender yordamida aralashtirish mumkin.
  7. Xamir teng ikki qismga bo‘linadi. Qolip yuzasiga qandolat qog‘ozi yoyiladi. Xamirning bir bo‘lagi qirg‘ichdan o‘tkaziladi.
  8. Yuzasidan tvorogli aralashma solinib, xamirning ikkinchi yarmi qirg‘ichdan o‘tkaziladi.
  9. Taxminan, 30 daqiqa davomida 180 darajada pishirib olinadi. Biroz sovigandan so‘ng ustidan qirg‘ichdan o‘tkazilgan shokoladni sepib, bezak berish mumkin.

Yoqimli ishtaha!

От qwert.uz