Mazali va to‘yimli pirog tayyorlash uchun ortiqcha vaqt kerak emas.

Foto: Russian Food
— Манба: «Daryo» nashri.
Kerakli mahsulotlar:
- kartoshka — 5-6 dona;
- tuzlangan karam — 150 gr;
- go‘shtli qiyma — 200 gr;
- piyoz — 2 dona;
- qatiq — 1 stakan;
- smetana — 1 stakan;
- tuxum — 4 dona;
- un — 1,5 stakan;
- soda — 1 choy qoshiq;
- o‘simlik yog‘i — 50 gr.
Tayyorlanish jarayoni:
- smetanaga qatiq, tuxum, sirka bilan eritilgan soda solib aralashtiring;
- kartoshka va piyozni mayda kvadrat shaklida to‘g‘rang;
- yog‘ surtilgan maxsus idishga kartoshkani bir qavat qilib soling;
- ustidan qiyma, piyoz va tuzlangan karam soling;
- ustidan tayyorlab olingan suyuq holdagi xamirni quying;
- 200—220 daraja qizigan pechda 40 daqiqa davomida pishirib oling.
Yoqimli ishtaha!