Nonushta uchun mazali, to‘yimli va eng muhimi, tezpishar taom tayyorlash kerakmi? Mish-mash omleti uchun esa bor-yo‘g‘i 15 daqiqa yetadi.     

Foto: Lifehacker

— Манба: «Daryo» nashri.

Kerakli mahsulotlar:

  • pomidor − 3 dona;
  • bulg‘or qalampiri − 3 dona;
  • piyoz − 1 dona;
  • sarimsoq − 2 bo‘lak;
  • o‘simlik yog‘i − 2 osh qoshiq;
  • feta pishlog‘i − 400 gramm;
  • tuxum − 6 dona;
  • ko‘kat, tuz va ziravorlar.

Tayyorlanish jarayoni

  1. Pomidor ustiga qaynoq suv quyilib, po‘sti ajratib olinadi va mevasi katta bo‘laklarga bo‘linadi.
  2. Bulg‘or qalapmiri, piyoz va sarimsoq to‘g‘raladi.
  3. O‘rta olovda piyoz va sarimsoq qovuriladi.
  4. Ustidan bulg‘or qalampiri solinadi va 5 daqiqaga dimlanadi.
  5. So‘ngra pomidor solinib, yana 5-7 daqiqaga dimlanadi.
  6. Pishloq maydalanadi, tuxum bilan tuz va ziravorlar aralashtiriladi.
  7. Tovada pishayotgan sabzavotlarga avval pishloq, so‘ngra tuxumli aralashma quyiladi. Bir necha daqiqa davomida pishiriladi.
  8. Pishishidan 2-daqiqa avval to‘g‘ralgan ko‘katlar sepiladi va dimlanadi. So‘ngra dasturxonga tortish mumkin. Yoqimli ishtaha!

От qwert.uz