Pechenye ustidagi pishloqli krem istalgan vaziyat uchun eng yaxshi desert bo‘la oladi. Shirinlik ustini mevalar bilan bezasa ham bo‘ladi  — deb bu haqda «Daryo» nashri  xabar beradi.    

Foto: Lifehacker

Kerakli mahsulotlar:

  • Pechenye − 180 gr
  • Shakar – 65 gr
  • Sariyog‘ – 70 gr

Nachinka uchun kerakli mahsulotlar:

  • Krem-pishloq – 900 gr
  • Yog‘li smetana – 230 gr
  • Shakar – 200 gr
  • Vanilin ekstrakti − 2 osh qoshiq
  • Tuxum — 4 dona

Tayyorlanish jarayoni:

  • Pechenyeni maydalab shakar qo‘shib aralashtiring.
  • Eritilgan sariyog‘ qo‘shib aralashtiring.
  • Aralashmani dumaloq qolipga soling va ustini tekislab oling.
  • 10 daqiqa qizigan pechda pishirib oling.
  • Smetanaga pishloq qo‘shib, mikser bilan aralashtiring, vanilin ekstrakti qo‘shing.
  • Pishloqli aralashmaga tuxum qo‘shib aralashtiring.
  • Pechenye ustidan nachinkani quying va tekislang.
  • Qizigan pechda 60-65 daqiqa davomida pishirib oling.
  • Pishganidan so‘ng pechni o‘chirib, eshigini 1 soat ochib qo‘ying.
  • Soviganidan keyin 5-6 soatga muzlatkichga qo‘ying.

Yoqimli ishtaha!

От qwert.uz