Ijtimoiy tarmoqlarda rejissor, aktyor va prodyuser Ahad Qayum va komik aktrisa Halima Ibragimova o‘rtasidagi janjal aks etgan video tarqaldi. Videoda ikki san’atkorning bir-biriga haqoratli so‘zlarni gapirib, tashlanayotgani, voqea guvohlari esa ularni ajratishga urinayotganini ko‘rish mumkin  — deb bu haqda «Daryo» nashri  xabar beradi.    

Taxmin qilinishicha, janjalga Ahad Qayumning bir necha kun avval sahifasida qoldirgan videomurojaati sabab bo‘lgan. Ushbu videoda Ahad Qayum bundan buyon reklamalarga bir milliard so‘mdan kamiga suratga tushmasligini, agar ushbu summa qimmatlik qilsa, arzonroqqa rozi bo‘ladigan Davron Kabulov, Munisa Rizayeva yoki Halimaxonga murojaat qilishni aytadi.

От qwert.uz