2000-yillarning boshida suratga olish maydonchasida tanishgan Ayshvariya va Abhishek bir-biriga ko‘ngil qo‘yguniga qadar do‘stona munosabatda bo‘lgan. Juftlikni nafaqat nikoh rishtalari, balki birga ishtirok etgan bir qancha loyihalar ham bog‘lab turadi  — deb bu haqda «Daryo» nashri  xabar beradi.    

“Sevgi haqida bir nechta so‘z”

Foto: “Yandeks Dzen”

Aktyorlar ilk bor birga ishtirok etgan ushbu film 2000-yilda suratga olingan. Unda kapitan rolini ijro qilgan Abhishek ta’tilda sevgan qizining yoniga boradi.

Ammo yo‘lida Ayshvariya gavdalantirgan qizni zo‘ravonlardan qutqarishiga to‘g‘ri keladi va bu sevgi hikoyasining boshlanishi bo‘ladi.

“Aytmasang ham bilaman”

Foto: “Yandeks Dzen”

2003-yilda suratga olingan mazkur oilaviy dramada Raj ismli yigit opasining unashtiruv marosimida Namrita ismli qiz bilan tanishadi.

Ammo qiz turmushga chiqqan va bundan 7 yil avval turmush o‘rtog‘i uni besabab tark etgan bo‘ladi. O‘g‘lini yolg‘iz katta qilayotgan Ayshvariya ijrosidagi qahramon, yigitga imkon berishdan cho‘chiydi. Hammasi endi iziga tushayotganida qizning sobiq turmush o‘rtog‘i paydo bo‘ladi.

“Banti va Babli”

Foto: “Yandeks Dzen”

2005-yilda suratga olingan filmda hayotini o‘zgartirishga qaror qilgan juftlik rolini Abhishek va Rani Mukerji ijro qilgan.

Ayshvariya Ray esa raqs sahnalaridan birida chiqish qilib filmni yanada qiziqarli bo‘lishiga hissa qo‘shgan.

“Umrao Jaan”

Foto: “Yandeks Dzen”

2005-yilda suratga olingan mazkur film sujet jihatidan boshqalaridan farq qiladi. Umrao ismli qiz bolaligida o‘g‘irlab ketilib, Laknaudagi ishratxonaga sotib yuboriladi.

Ammo go‘zalligi va aqli bilan boshqalardan ajralib turadigan qiz o‘z baxti va sevgisi uchun kurashadi.

“Tezlik 2”

Foto: “Yandeks Dzen”

Ushbu filmda aktrisa Ritik Roshan bilan birga juftlik rolini, Abhishek esa ikkinchi darajali qahramon rolini ijro qiladi. Abhishek gavdalantirgan Jay ismli politsiyachi xalqaro o‘g‘rini qo‘lga olish uchun Ayshvariya Ray ijrosidagi qahramon yordamidan foydalanmoqchi bo‘ladi.

Ammo qahramonlar o‘rtasida paydo bo‘lgan sevgi voqealar rivojini boshqacha tus olishiga olib keladi.

“Guru madras xotiralari”

Foto: “Yandeks Dzen”

Kichik bir qishloqda yashaydigan Gurukant ismli yigit muvaffaqiyatga erishish va yuqori cho‘qqilarni zabt etish maqsadida rafiqasi bilan shaharga qarab yo‘l oladi.

Biznesda o‘z o‘rnini topish uchun boshidan turli voqealar kechirgan, o‘z kompaniyasiga asos solgan Guru boshqalarga o‘zini kim ekanini isbotlashga harakat qiladi.

“Sarkar Raj”

Foto: “Yandeks Dzen”

2008-yilda suratga olingan filmda Bachchanlar oilasining deyarli barcha a’zolarini uchratish mumkin. Xalqaro firmaning rahbari bo‘lgan Ayshvariyaga Maxarashtra qishlog‘ida elektrostansiya qurish taklifi kelib tushadi.

Loyihaga rozilik bergan qizning raqiblari esa uni yo‘ldan olib tashlash uchun qo‘lidan kelgan hamma narsani bajarishga harakat qiladi. Ushbu qarshilik bora-bora xavfli siyosiy o‘yinga aylanadi.

“Yovuz” 

Foto: “Yandeks Dzen”

2010-yilda suratga olingan ushbu film o‘ziga yarasha qiziq sujetga ega. Klassik hind raqs o‘qituvchisi Raginining turmush o‘rtog‘i Dev politsiya xodimi bo‘lib ishlaydi.

Bira ismli qahramon singlisining qasdini olish uchun Raginini o‘g‘irlab ketadi va changalzorga yashirinadi. Eri uni qutqarish uchun mahalliy otryadni jalb qilgan bir vaqtda Ragini yovuz qahramonga ko‘ngil qo‘yishga ulgurgan bo‘ladi.

От qwert.uz