Amerikaning 46-prezidenti Jozef Baydenning otasi 34 yil davomida Delaverda avtosalonlarni boshqargan va ko‘pincha o‘g‘liga garajdan ba’zi modellarni haydab ko‘rishga ruxsat bergan. O‘sha vaqtdanoq Baydenda mashinalarga qiziqish paydo bo‘lgan, deb yozadi CARakoom.

Foto: CARakoom

Uning birinchi avtomobili 1951-yilda ishlab chiqarilgan Studebaker edi  — deb bu haqda «Daryo» nashri  xabar beradi.     Uning ortidan 1952-yilgi yorqin qizil rangli Plymouth Cranbrook, keyinchalik Mercedes-Benz 190SL bo‘lib, bu sevgilisini ballga taklif etadigan talabaga emas, balki Shon Konneri yoki Pirs Brosnan kabi taniqli shaxslar uchun ko‘proq mos kelar edi.

Foto: CARakoom

Biroq 1967-yilgi Chevrolet Corvette yosh Baydenning ko‘nglidan joy olgan. Ushbu kabriolet 1967-yil avgsut oyida otasidan Jozefga to‘y sovg‘asi bo‘lib, hanuzgacha u garajda saqlanadi.

Foto: CARakoom

Bayden o‘zining inauguratsiyasida dunyodagi eng xavfsiz va texnologik jihatdan rivojlangan mashinalardan biri hisoblangan prezidentlik limuzinida keldi. Limuzin aslida ushbu marosimga mos bo‘lib, uning ichida bir qancha imkoniyatlar mavjud.

Cadillac One avtomobilida quyidagi qulayliklar mavjud:

  • favqulodda qon quyish moslamalari;
  • haydovchi kabinasida aloqa markazi va GPS kuzatuv tizimi;
  • vitse-prezident va Pentagon bilan bevosita aloqada bo‘ladigan sun’iy yo‘ldosh telefoni;
  • panjara ostida tungi ko‘rish moslamasi bilan yashirin kamera;
  • avtoulovning bagajida yong‘in o‘chirish tizmi va ko‘zni yoshlantiradigan gaz, tutun moslamasi o‘rnatilgan.

Foto: CARakoom

Ushbu mashinada himoya darajasiga ko‘ra, deyarli yadro zarbasidan ham omon qolish mumkin.

Foto: CARakoom

Shuningdek, Cadillac One avtomobilida quyidagi ustunliklar mavjud:

  • yoriq va teshiklarga chidamli po‘latdan yasalgan mustahkam diskli g‘ildiraklar;
  • avtomobilni o‘q va granatalardan himoya qilish uchun shassida po‘lat qatlamli plitalar mavjud;
  • zirhli eshiklar qalinligi sakkiz dyuym va og‘irligi Boeing 757 samolyot eshigi bilan bir xil.
  • Cadillac to‘liq yopilganda, u shunchalar tashqi dunyodan ajratiladiki, yo‘lovchilar kimyoviy hujumga xavfsiz tarzda bardosh beradi;
  • avtomobil derazalari besh qatlamli shisha va polikarbonatdan iborat;
  • yoqilg‘i idishi zirhlangan va avariya bo‘lgan taqdirda ham portlashning oldini oladigan maxsus ko‘pik bilan to‘ldirilgan.

Foto: CARakoom

Jo Baydenning aytishicha, uning prezidentligi davrida avtomobilsozlik tanib bo‘lmas darajada o‘zgaradi. Buni oradan 4 yil o‘tgach, Baydenning rejalari qanday amalga oshirilganligi va bu butun AQShda avtomobilsozlik sanoatiga qanday ta’sir qilganini baholash mumkin.

От qwert.uz