Xushbo‘y hidga ega iliq kokteyl sut mahsulotlari yordamida tayyorlanadi.

Foto: Lifehacker

  — Манба: «Daryo» nashri.

Kerakli mahsulotlar:

  • quyultirilgan sut – 400 gramm;
  • qaymoq (20 foizli yog‘) – 500 ml;
  • sut – 350 ml;
  • qaymoq (33 foizli yog‘) –250 ml;
  • shakar upasi – 1 osh qoshiq;
  • vanil – 1 dona;
  • vanilin –1/2 choy qoshiq.

Tayyorlanish jarayoni:

  1. Quyultirilgan sut, 20 foizli qaymoq va sut idishga solinadi.
  2. Vanil po‘stidan uzunasiga kesib olinadi va urug‘laridan tozalanadi. So‘ngra sutli aralashmaga solinadi.
  3. Aralashma o‘rtacha olovda qaynatiladi va sovutishga qo‘yiladi.
  4. Bu vaqtda 33 foizli qaymoq mikser bilan aralashtiriladi. Yanada quyuqlashgach, shakar upasi hamda vanilin qo‘shiladi. Mikser bilan aralashtirishda davom etiladi.
  5. Sutli aralashma stakanlarga quyiladi, ustidan ko‘pirtirilgan qaymoq quyiladi. Ichimlik iliq holida dasturxonga tortiladi.

Yoqimli ishtaha!

От qwert.uz