Prezident Shavkat Mirziyoyev 19-fevral kuni o‘tkazilgan Xalq deputatlari Namangan viloyati kengashining navbatdan tashqari 26-sessiyasidan keyin safar dasturiga asosan, yaqinda bunyod etilgan zamonaviy kutubxonaga borishi kerak edi. Ammo davlat rahbari korteji kutilmaganda Namangan shahrining chang va chuqurga to‘la yo‘llari bo‘ylab yurib, “Bunyodkor” mahallasida to‘xtadi. Bu haqda “Daryo” muxbiri xabar bermoqda  — deb bu haqda «Daryo» nashri  xabar beradi.    

Prezident dastlab Namangan shahar Ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi 1-sonli ichki ishlar bo‘limi “Bunyodkor” mahalla fuqarolari yig‘inidagi 74-sonli tayanch punktiga tashrif buyurdi.

Davlat rahbari eski, devorlari nurab yotgan 74-sonli tayanch punktining binosini ko‘rib, shahar sektor rahbarlari faoliyatiga tanqidiy baho berdi. 2-sektor rahbariga tegishli mazkur vaziyat bo‘yicha shahar prokurori faoliyati ham qoniqarsiz ekanligini aytildi.

Kortejni ko‘rib yig‘ilgan tumonat odam orasiga Shavkat Mirziyoyev kirib borib, aholi muammolarini tingladi.

Bundan avval Prezident tavsiyasiga ko‘ra Shavkat Abdurazzoqov Namangan viloyati hokimi lavozimiga tasdiqlangani hamda Uychi tumani “to‘rtligi” lavozimidan ozod qilingani haqida xabar berilgandi.

От qwert.uz