Sochlarni yuvganda qancha miqdorda shampun ishlatish kerak? Ularni necha marta yuvish kerak? Mahsulotlar ham sochlarga zarar yetkazishi mumkinmi? Sochlarga qanday qilib g‘amxo‘rlik qilish keraligi to‘g‘risidagi savollarga shifokor-trixolog Salomeya Abalyan javob beradi.

Foto: Getty Images

Turli xil mamlakatlarda trixolog va dermotologlar tomonidan olib borilgan tadqiqotlar shuni ko‘rsatdiki, bosh terisi va sochlarning tagida to‘planadigan bakteriyalar salbiy ta’sirga ega  — deb bu haqda «Daryo» nashri  xabar beradi.     Ular terining nafas olishiga yo‘l qo‘ymaydi. Soch ildizlarining rivojlanishiga to‘sqinlik qiladi. Bularning barchasi bosh terisining normal ishlashini buzadi va soch o‘sishini sekinlashtiradi.

Shampunlardan tashvishlanmang

Har kuni foydalanishga ruxsat berilganini ko‘rsatuvchi shampunlar foydali, allergiya qo‘zg‘atmaydigan bo‘ladi. Shuning uchun ham ularni har kuni ishlatish mumkin.

Yuvish takroriyligini kuzating

Yuvish takroriyligiga qarab, soch turi va sifatini hisobga olgan holda shampun tanlash kerak. Yog‘li soch egalari 3—4 kunlik tanaffusdayoq ko‘p miqdorda yog‘ sekretsiyasi to‘planib qolganini ko‘rishi mumkin. Bu esa keyinchalik yallig‘lanishga ham olib keladi.

Shampunlardan to‘g‘ri foydalaning

Shampunning miqdori asosan sochning uzunligiga bog‘liq. Mahsulotni to‘g‘ridan to‘g‘ri sochga surtish tavsiya etilmaydi. Birinchidan, miqdorni nazorat qilish qiyin bo‘ladi. Ikkinchidan, haddan tashqari ko‘p miqdordagi vosita cheklangan hududgagina tushadi. Shuning uchun avval shampunni qo‘lda ko‘piklash kerak, keyin sochlarga “taqsimlash” tavsiya etiladi.

Yuvish qoidalarini to‘g‘ri bajaring

Sochlarni yuvishdan oldin ularni yaxshilab tarash kerak. Avval quloqdan quloqqa, so‘ngra boshning orqa qismi yuvilishi kerak. Barmoq uchlari bilan massaj qilish, ammo bosh terisini tirnab olmaslik zarur. Yuvish vaqtida yengil uqalash boshda qon aylanishni yaxshilaydi.

Necha marta shampun surtish kerak?

Hammasi yuvish chastotasi va mahsulotga bog‘liq. Agar sochlar har kuni yuviladigan bo‘lsa, ularga ikki marta shampun surtish shart emas. Sochlarni haftasiga ikki marta yuvadiganlar esa shampunni ikki marta surtgan ma’qul. Faqatgina ikkinchi marta shampun miqdorini ikki baravar kamaytirish tavsiya etiladi.

Suv harorati

Ko‘pchilik yog‘ bezlarini faollashtiradigan issiq suvdan foydalanib xato qiladi. Ularni yuvish uchun o‘rtacha harorat 40—50 darajani tashkil etadi. Aynan shu harorat sochdagi kirlarni oson olib tashlashga va qon aylanishini yaxshilashga yordam beradi.

Soch yuvishni sovuq suv bilan yakunlash mumkin

Yuvish jarayonini biroz sovuq suv bilan tugatish mumkin. Bu bosh terisida qon aylanishini tezlashtiradi.

Soch yuvilganidan keyingi niqob

Niqoblardan foydalanish ham sochlarning holatiga, oziqa tarkibiga bog‘liq. Agar sochlarda jiddiy shikastlanish va parvarishga muhtojlik sezilsa, niqobdan har kuni foydalanish mumkin. Muolaja 8—10 martadan so‘ng natijasini ko‘rsatadi va keyinchalik undan kamroq foydalangan yaxshi. Agar niqoblardan profilaktika uchun foydalaniladigan bo‘lsa, haftada 1—2 marta qo‘llash mumkin.

Balzam haqida unutmang

Balzam sochlar yuvilganidan keyin surtiladi. U nafaqat tolalarni mustahkamlaydi, balki ularning porlashini ham yaxshilaydi. Undan foydalanishda sochlarning butun uzunligi bo‘ylab qo‘llash kerak. 5—7 daqiqadan so‘ng yaxshilab yuviladi. Soch ildizlariga hamda bosh terisiga balzam surtilmaydi. Bosh terisiga surtilganda, soch tolalari og‘irlikni ko‘tara olmay to‘kilish holati kuzatilishi mumkin.

Sochni yuvgandan keyin nima qilish kerak?

  • Soch turiga qarab, ular uchun moy yoki himoya spreyi ishlatish kerak.
  • Soch uchun maxsus yog‘lardan ko‘p bo‘lmagan miqdorda foydalanish kerak.
  • Efir moyi quruq sochlarga qaraganda nam sochlarga yaxshi ta’sir o‘tkazadi, shuning uchun ulardan foydalanishdan avval sochlarni biroz namlash zarur.

Issiqlik chiqaruvchi vositalardan foydalanish

Sochlarni turmaklash doim ham fen yoki boshqa issiqlik taratuvchi vositalar yordamida amalga oshirilsa, undan kamroq foydalanish kerak. Chunki soch tolasi oqsil keratindan tashkil topgan bo‘lib, issilik ta’siriga sezgir bo‘ladi. Harorat tufayli sochning yuqori himoya qatlami ochiladi. Keratin yumshab, sochdagi namlik bug‘lanadi. Yog‘lar parchalanib, tolalar mo‘rt va sinuvchan bo‘lib qoladi.

Shuni ta’kidlash kerakki, maxsus spreylar tarkibida odatda, tabiiy oqsillar, E va B5 vitaminlari hamda dorivor o‘simliklarning ekstraktlari mavjud. Ushbu komponentlar sochlarni nafaqat issiqlik ta’siridan zararsizlantiradi, balki qo‘shimcha hajmga ham ega bo‘ladi.

От qwert.uz