Tarkibida A, F, E, va B2 vitaminlari, magniy, fosfor, rux, karotin, shuningdek, boshqa bir qancha foydali moddalar mavjud bo‘lgan bodom yog‘idan foydalanish qiyinchilik tug‘dirmaydi.

Foto: Cosmopolitan

Qovoq uchun krem sifatida

Shishlar keltirib chiqarmagani va yengil bo‘lgani sabab bodom yog‘ini hatto terisi eng nozik kishilar ham qovoq va ko‘z atrofidagi ajinlarni yo‘q qilish uchun foydalanish mumkin  — deb bu haqda «Daryo» nashri  xabar beradi.    

Yuz uchun ajin tushishiga qarshi krem sifatida

Tarkibida E vitaminining bisyor ekani sabab ushbu kremdan ajinlarga qarshi qo‘llanadigan krem o‘rnida foydalansa bo‘ladi. U teri ahvolini yaxshilaydi, taranglashtiradi.

Qo‘l kremi sifatida

Tarkibida A vitamini bo‘lgani sabab mazkur yog‘ terini namlantirib, atrof-muhitdagi zararli ta’sirlardan himoya qilishga yordam beradi.

Husnbuzarlarga qarshi vosita sifatida

Ayol-qizlar tarkibida F vitamini bor ekani sabab antibakterial xususiyatga ega bo‘lgan bodom yog‘idan foydalanish orqali teridagi muammolarni bartaraf qilishga erishishi mumkin. Buning uchun uni kechasi yuzga surtib qo‘yishning o‘zi kifoya.

Soch o‘sishini tezlashtiruvchi vosita

Haftasiga 2—3 marta ildizlariga bodom yog‘i surtish orqali soch o‘sishini ikki karra tezlashishiga erishish mumkin.

Kuyganda samara beradigan vosita sifatida

Namlantirish, tinchlantirish va qizarishlarni bartaraf qilish xususiyatiga ega bo‘lgan mazkur yog‘da teri termik shikastlanganida samarali foydalanish mumkin. Issiq tovadan, yoki quyosh nuridan kuyishdan qat’i nazar bodom yog‘idan foydalanishingiz mumkin.

Tozalaydigan losyon sifatida

Bodom yog‘i yuzdagi o‘chmaydigan makiyajni ham tozalay olish xususiyatiga ega.

Selyullitga qarshi vosita sifatida

Terida selyullitlar paydo bo‘ladigan bo‘lsa, uni bodom yog‘i yaxshi samara beradi.

Soch uchun niqob sifatida

Soch uzunligi bo‘ylab bodom yog‘i surtib, ustidan sochiq bilan bir soatga o‘rab qo‘yish keyin esa oddiy shampun bilan yuvib tashlash kerak.

Ozishga yordam beradigan vosita sifatida

Kuniga bir osh qoshiq bodom yog‘i ichilsa, ichaklar shlak va gazlardan tozalanadi.

От qwert.uz