To‘yimli va mazali pirog retseptini e’tiboringizga havola etamiz.

Foto: Lifehacker

  — Манба: «Daryo» nashri.

Kerakli mahsulotlar:

  • Sut — 350 ml
  • Xamirturush — 10 gr
  • Shakar — 1 osh qoshiq
  • Un — 550-650 gr
  • Tuz — 1 choy qoshiq
  • O‘simlik yog‘i — 100 ml
  • Tuxum —1 dona
  • Kartoshka — 600 gr
  • Qiyma — 600 gr
  • Piyoz — 1-2 dona
  • Sariyog‘ — 1 osh qoshiq
  • Murch

Tayyorlanish jarayoni:

  1. 100 gr iliq sutga xamirturush, shakar va biroz un qo‘shib aralashtiring, 15 daqiqaga qoldiring.
  2. Aralashmaga tuz, o‘simlik yog‘i, tuxum, sutning qolganini qo‘shing.
  3. Un qo‘shib, xamir qoring va 1 soat tindiring.
  4. To‘g‘ralgan kartoshka va piyozga qiymani soling.
  5. Tuz, murch solib aralashtiring.
  6. Xamirni uchdan ikki qismini yoyib, ustiga nachinka soling.
  7. Qolgan xamirni ham yoying, nachinka ustini yoping va chetlarini birlashtirib chiqing.
  8. 180 daraja qizigan olovda 50-60 daqiqa davomida pishirib oling.
  9. Pishganidan keyin ustiga sariyog‘ surting.
  10. Sochiq yopib, 20 daqiqaga qoldiring.

Yoqimli ishtaha!

От qwert.uz