Turkiyaning dunyoga mashhur shirinligi rahat lukum retsepti

Lukumni do‘kondan xarid qilishga hojat yo‘q, uni uy sharoitida ham tayyorlash mumkin.

Foto: Lifehacker

  — Манба: «Daryo» nashri.

Kerakli mahsulotlar:

  • suv — 375 ml;
  • meva sharbati — 250 ml;
  • jo‘xori kraxmali — 140 gr;
  • shakar — 200 gr;
  • shakar kukuni — 1 osh qoshiq.

Tayyorlanish jarayoni:

  • suvga meva sharbati, 140 gr kraxmal va shakar qo‘shib aralashtiring;
  • past olovda 15 daqiqa davomida aralashtirib turing;
  • aralashmani suv bilan namlangan qoliplarga tekis qilib solib chiqing;
  • xona haroratida bir yarim soat davomida quriting;
  • qolgan 3 qoshiq kraxmalni shakar kukuni bilan aralashtiring;
  • sovigan shirinlikni “kubik” shaklida kesib chiqing.

Yoqimli ishtaha!