Oʼgʼirladim, sabzini — soʼramasdan,
Egasining «dod»iga qaramasdan.
Qilar ishni, qilib boʼlib, negadir,
Xayollarim olib ketdi — qaygadir.
Mayli, men bir — maymundirman, ongi yoʼq,
Bu ishga qoʼl urmas edim, boʼlsam toʼq.
Lekin, sizlar baʼzan toʼq boʼlsangiz xam,
Oʼzga «non»in nega koʼrasiz — baxam!…
-Xavasdaman — men senga bir oz,
Yuksaklarga qilasan parvoz.
Yeru-zamin qolib poyingda,
Boʼlgim kelar- sening yoningda!…
-Parvoz qilsang, shunchalar yuksak,
Xis etasan — gashtini beshak,
Lekin, bordir — bitta xaqiqat,
Doim yerga — qaytasan faqat!…
-Ie, ayiq polvon — bu ne xol?
Oʼz uyingga — qaytib ket, darxol.
Аxir sizlar, xozir aslida,
Boʼlishingiz kerak — uyquda!
-E. birodar, oʼzgarish katta,
Bunga sabab — iqlim albatta.
Shuning uchun, sovuqda boʼzlab,
Ketayapman — men yemish izlab!…
-Xoy, ninachi, quloq sol,
Аxir bu qanday axvol?
-Boshlab yubordim ishni,
Oʼylashim kerak qishni!…
-I-e, naxotki, qanday,
Oʼyin-kulgiga bunday,
Vaqt topib, chaqchaqlashib,
Yurmaysanmi, quvlashib!
-Qish gʼamin, yozda yeyman,
Toʼkinlik boʼlsa deyman,
Ertakdagi — men emas,
Unga qilmayman — xavas!…
Аbdulla Pulatov
- Materiallar faqat shaxsiy maqsadlarda foydalanish uchun: Materiallardan tijorat maqsadlarida foydalanish, tarqatish qonun bilan taqiqlanadi.
- «Mualliflik xuquqi va turdosh xuquqlar to‘g‘risida» gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni: № 42 son, 20 iyun. 2006 yil.
© MUALLIF