«Bizning doʼstimiz — kitob,
Yoʼl yoritguvchi — oftob.

Vaqt oʼtib borar — shu tob!»
Deya qilamiz xitob.

Oʼqisak — to tonggacha,
Аmal esa — «yangicha»!

Kitobga — zoʼr shaxdimiz,
Oʼqishga yoʼq — vaqtimiz!

Lekin, qarang — bu qizga,
Oʼrnak boʼladi — sizga!…

-Аxir, bu kimning rasmi,
«Fonogramma» emasmi?

-Qaydan bilay, axir man,
Internetdan — olganman!…

«Maza» qilganday — ammo,
Bu oʼziga — muammo.

Xatarlidir — bu ancha,
Qoʼlsiz qolganlar — qancha!…

-Qani, avval boshlang oʼzingiz!
-Yoʼgʼ-ey, «issiq» sizni yuzingiz!

-U tirikmi yoki «maneken»?…
-Tirik ekan, gapiring sekin!

-Аgarda bu, boʼlsachi tuzoq?
-Xaqiqatdan, bu fikr uzoq.

-Nima qilsak, boʼladi unda?
-Ketdik, qaytib kelamiz tunda.

-Qaytib kelsak, sichqon boʼlmasa?…
-Shunday boʼlur, nasib qilmasa!…

-Qani, avval boshlang oʼzingiz!
-Yoʼgʼ-ey, «issiq» sizni yuzingiz!

-U tirikmi yoki «maneken»?…
-Tirik ekan, gapiring sekin!

-Аgarda bu, boʼlsachi tuzoq?
-Xaqiqatdan, bu fikr uzoq.

-Nima qilsak, boʼladi unda?
-Ketdik, qaytib kelamiz tunda.

-Qaytib kelsak, sichqon boʼlmasa?…
-Shunday boʼlur, nasib qilmasa!…

Yashash, kurash — yonma-yon xar vaqt,
Buncha baland — boʼlmasa daraxt.

Toʼgʼri, xarakatda — barakat,
Аmmo, baland ekan — «palakat»!

-Ie, tavba, boʼyinbokka bir karang,
Buyningdagi kanday tasma, rang-barang?

-Yashay desang, agar sen 90-100 da
Koʼp narsani bilma, kariysan tezda!…

Аbdulla Pulatov

  • Materiallar faqat shaxsiy maqsadlarda foydalanish uchun: Materiallardan tijorat maqsadlarida foydalanish, tarqatish qonun bilan taqiqlanadi.
  • «Mualliflik xuquqi va turdosh xuquqlar to‘g‘risida» gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni: № 42 son, 20 iyun. 2006 yil.

© MUALLIF

От qwert.uz