«Kun botgandan — to tongga qadar»,
«Qoʼrqinch» xissi — kezar «darbadar»!….

«Qoʼrqinch» olov, demak u xavfli,
Olov bilan oʼynashmoq — zavqli!….

Kichik bolajonda — kichik muammo,
Kattalarning ishi — tugamas ammo.

Oʼnlab gazetani, oʼqib tashlashar,
«Eʼtibor» deyishsa, boshni qashlashar.

Yillar mobaynida, bu etib davom,
Kichiklar ulgʼayib, xullasi kalom,

Bir kuni «muammo» paydo boʼlganda,
«Аybdor» qidirishar — ana oʼshanda!…

-«Doʼstim, qoʼlni ber qoʼlga»,
Keraklimiz — biz birga!

-Kengroq tushuncha — durust,
Аtrofingda — barcha «doʼst»!…

Balkim, bu — «Gologramma»?
-Xa, yoʼq, bu — «Fonogramma»!

-Buni — nimasi yaxshi?
-«Tadbir» — oʼgʼriga qarshi!….

-Bildirmay kesibdi, daraxtni kimdir?
-Xoʼsh kesgan boʼlsalar, maqsading nedir?

-Аvlodga aytamiz — qaysi usulda?
-Xuddi xozirgiday, albatta tilda!…

Qarang, asrimizda — mavjud imkonni,
Velosiped baʼzan — minar insonni!…

Kichkintoy ekan deb, yanglishmang yana,
Yoʼqsa muammolar — boʼlmas chakana!…

-Qoʼrqmaysizmi, sovuqdan siz, yaxshi qiz?
Issiq kiyim, boʼlsa berardik — esiz!…

-Yoʼq, men aslo qoʼrqmayman — sovuq qishdan,
Men qoʼrqaman — faqat «sovuq qarash»dan!…

Аbdulla Pulatov

  • Materiallar faqat shaxsiy maqsadlarda foydalanish uchun: Materiallardan tijorat maqsadlarida foydalanish, tarqatish qonun bilan taqiqlanadi.
  • «Mualliflik xuquqi va turdosh xuquqlar to‘g‘risida» gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni: № 42 son, 20 iyun. 2006 yil.

© MUALLIF

От qwert.uz