Sahnada rol ijro etish bilan birga, biznesni ham birdek olib borgan Bollivud aktrisalari unchalik ko‘p emas. Ularning ayrimlarini tanishtirib o‘tamiz.
Shilpa Shetti

Foto: “Yandeks Dzen”
Shilpa Shetti Mumbaydagi Yevropa Uyg‘onish davri va hind qirollik uslubini o‘zida birlashtirgan Royalty Club egasi. Shuningdek, u turmush o‘rtog‘i bilan birga Hindiston kriket jamoasi Rajasthan Royals’ga egalik qiladi — deb bu haqda «Daryo» nashri xabar beradi.
Aktrisa kinodagi karyerasidan voz kechgan bo‘lsa-da, ammo bir nechta muvaffaqiyatli teleshoularda qatnashmoqda. Bundan tashqari, aktrisa butun mamlakat bo‘ylab joylashgan Losis nomli spa-salonlar tarmog‘ining egasi hisoblanadi.

Foto: “Yandeks Dzen”
Sushmita Sen

Foto: “Yandeks Dzen”
Sushmita Sen 2006-yilda o‘zining Sensazione kompaniyasini yaratdi va u orqali mehmonxonalar, kafelar va kurortlar tarmog‘ini tashkil etdi. Shuningdek, u Tantra Entertainment prodyuserlik kompaniyasi va Dubaydagi Renee Jewelers zargarlik do‘koniga ham egalik qiladi.

Foto: “Yandeks Dzen”
Lara Datta

Foto: “Yandeks Dzen”
“Dunyo go‘zali” Lara Datta o‘zining prodyuserlik kompaniyasiga egalik qiladi. Shuningdek, U Chabra 555 dizayn uyi bilan birga yangi sarilar kolleksiyasi do‘konini ochgan.

Foto: “Yandeks Dzen”
Karishma Kapur

Foto: “Yandeks Dzen”
Karishma Kapurning o‘z internet do‘koni bor. U yerda yosh onalar va chaqaloqlarni parvarish qilish uchun mo‘ljallangan mahsulotlar sotiladi.

Foto: “Yandeks Dzen”
Aisha Takiya

Foto: “Yandeks Dzen”
Aisha Takiya — “Choy va qahva” deb nomlangan kafelar tarmog‘ining egasi hisoblanadi.

Foto: “Yandeks Dzen”
Nilam Kothari

Foto: “Yandeks Dzen”
O‘tgan yillarning sevimli aktrisasi Nilam Kothari esa zargarlik biznesi bilan shug‘ullanadi.

Foto: “Yandeks Dzen”