-Bolajonim, axir seni kim,
Xafa qildi — aytarsan balkim?

-Sher deb sizga — aytdimku axir!
-Nima deding, qulogʼim ogʼir?…

-Tush boshimdan, yaramas!
-Oʼzing aybdor — men emas!

-Qichqiryapsan, ne xatar yetdi?
-«Аdrenalin» — meni tark etdi!

Xayolga choʼmibsan, qanday niyatda?
-Xayvonot bogʼidan — yoʼl faqat bitta!

-E, qoʼysangchi, naxotki shunday?
-Seni aldab — boʼlarmi bunday?

-Аxir ogʼzim, qoldi yumilmay!
-Kirib ketar — pashshalar bilmay!

-Yoʼl yuribdi, yoʼl yursa xam — moʼl yuribdi,
Manziliga shoʼrlik — zoʼrgʼa ulguribdi!….

-Ie, Sherxon, neni koʼryapsiz baxam?
-Shaxsiy gigiena bordir — sherda xam!…

-Tanangni tozalab xashoratlardan,
Oʼzim xalos qilay, seni ulardan.

-Xa, yaxshi boʼlardi — bitta gap ammo,
Toʼlov masalasi — bizda muammo!

Аbdulla Pulatov

  • Materiallar faqat shaxsiy maqsadlarda foydalanish uchun: Materiallardan tijorat maqsadlarida foydalanish, tarqatish qonun bilan taqiqlanadi.
  • «Mualliflik xuquqi va turdosh xuquqlar to‘g‘risida» gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni: № 42 son, 20 iyun. 2006 yil.

© MUALLIF

От qwert.uz