Amazon “Gitler mo‘ylovi” sabab logotipini o‘zgartirdi

Amazon kompaniyasi smartfonlar uchun mo‘ljallangan mobil ilovasining ikonasi “Adolf Gitlerning tabassumi va mo‘ylovi”ga o‘xshagani uchun uni almashtirdi, deb xabar beradi “Korrespondent.net”.

Foto: Twitter /@Alliegator

2021-yilning boshida Amazon o‘zining mobil dasturi ikonasining yangi variantini taqdim etgan bo‘lib, uning dizayni asosini ko‘pchilikka tanish bo‘lgan ko‘k skotchli quti tashkil etgan  — deb bu haqda «Daryo» nashri  xabar beradi.    

Ikonaning pastki qismida IT-gigantning rasmiy logotipidan o‘rin olgan “strelka-tabassum” joylashgan. Biroq ushbu variant ijtimoiy tarmoqlar foydalanuvchilar orasida turli bahs-munozaralarga sabab bo‘lgan.

Ayrimlar unda “Gitlerning tabassumi”ni aniq ko‘rgan.

Oradan bir oy o‘tgach, Amazon ikonani press-reliz va rasmiy bayonotlarsiz o‘zgartirgan. “Vau, Amazon yangi ikonasi Gitlerga u qadar o‘xshamasligi uchun uning yangi variantini chiqarganini hatto men ham sezmay qolibman”, — deb yozadi Twitter foydalanuvchilaridan biri.

Yana bir foydalanuvchi esa endilikda logotip “Avatar” nomli multserial qahramoniga o‘xshab qolganini yozgan.