Hind aktyor va aktrisalari chindan ham serqirra ijodkor: rol ijro etadi, raqsga tushadi va hatto qo‘shiq ham kuylaydi. Xo‘sh, Bollivudning qaysi yulduzlari filmlar uchun qo‘shiq kuylagan?

Shradxa Kapur 

Foto: “Yandeks Dzen”

Ma’lum bo‘lishicha, yosh aktrisa nafaqat mahorat bilan rol ijro etadi, balki shirali ovozga ham ega. Shradxa bir necha filmlarda kompozitsiyalar ijro etgan  — deb bu haqda «Daryo» nashri  xabar beradi.    

Ayushmann Xurana

Foto: “Yandeks Dzen”

Ayushmanning karyerasida 20 ga yaqin loyiha mavjud. Bundan tashqari u turli teledasturlarda ham ishtirok etadi. Shuningdek, uning vokal qobiliyati ham muxlislari tomonidan alohida ta’kidlangan.

Aliya Bxatt

Foto: Pinterest

Hind kino olamida porlab kelayotgan yangi yulduzning ham bir nechta treklari mavjud.

Priyanka Chopra

Foto: YouTube

Priyanka nafaqat Amerika kinematografiyasini, balki musiqa sanoatini ham zabt etmoqda. Aktrisaning ta’kidlashicha, musiqaga muhabbat uning otasidan o‘tgan.

Shruti Xasan

Foto: “Yandeks Dzen”

Janubiy hind kino yulduzi vokalga jiddiyroq e’tibor beradi. U Kaliforniya musiqa universitetida o‘qigan. Hindistonga qaytib kelgach, o‘z guruhini tuzgan.

Salmon Xon

Foto: “Yandeks Dzen”

Bollivudning eng taniqli aktyori juda yoqimli ovozga ega ekanini tan olish kerak. Uning ijrosidagi bir nechta qo‘shiq allaqachon ommalashib ulgurgan.

От qwert.uz