Jahon va o‘zbek shou-biznesi vakillarining Instagram sahifalariga joylashtirilgan qiziqarli foto va videolarni e’tiboringizga havola etamiz.
Rayhon barcha ayollarni bayram bilan tabriklab, turmush o‘rtog‘i Farhod Alimov sovg‘a qilgan gullarning suratini sahifasiga joyladi — deb bu haqda «Daryo» nashri xabar beradi.

Foto: Instagram
YPX xodimlari 8-mart munosabati bilan ayol haydovchilarga gullar taqdim etdi. Ularning orasida mashhurlar, xususan, Yulduz va Nilufar Usmonovalar ham bor.
Yo‘l-patrul xizmati xodimlarining ushbu harakati komik aktyor Ulug‘bek Xolmedovga “erish tuyuldi”. U 14-yanvarda YPX xodimlari tomonidan erkak haydovchilarga ham sovg‘a ulashish tashabbusi bilan chiqdi.
Bollivud aktrisasi Karina Kapur xalqaro xotin-qizlar bayrami munosabati bilan ikkinchi o‘g‘lining suratini sahifasiga joyladi. “Ayollar qila olmaydigan biror ish yo‘q”, deb izohladi aktrisa suratni.

Foto: Instagram
Ozoda Nursaidova ham yangi surati orqali ayollarni bayram bilan tabrikladi.

Foto: Instagram
Xonanda Anvar Sobirov sahifasiga bir nechta filmlarda chiroyli juftliklarni gavdalantirgan partnyori Nargiza Abdullayeva bilan tushgan suratini joyladi.

Foto: Instagram
Avaz Oxun Qirg‘izistonda yashaydigan qiyofadoshi bilan tanishdi.
Kaniza sahifasiga barmog‘iga uzuk taqilayotgani aks etgan suratni joyladi.

Foto: Instagram
Zarina Nizomiddinova ham ulkan guldasta bilan tushgan suratini sahifasiga joylab, ayollarni bayram bilan tabrikladi.

Foto: Instagram
Sevara Nazarxon ham barcha ayol kuzatuvchilarini bayram bilan muborakbod etdi.

Foto: Instagram
“Mendirman Jaloliddin” serialida bosh rolni ijro etayotgan turk aktyori Emre Kiviljim o‘zbekistonlik muxlisalariga o‘zbek tilida bayram tabrigini izhor etdi.