Noodatiy ko‘rinishga ega mashhur inglizcha taom — yumshoqqina quymoq, ichida qiyma hamda pishirilgan tuxum har qanday insonning ishtahasini ochib yuborishi tabiiy   — Manba: «Daryo» nashri.

Foto: Lifehacker

Kerakli mahsulotlar:

  • tuxum − 5 dona;
  • qiyma go‘shti − 280 gramm;
  • un − 130 gramm;
  • quritilgan non − 130;
  • o‘simlik yog‘i − 1 litr;
  • quymoq − 4 dona;
  • ko‘kat, tuz va ziravor.

Tayyorlanish jarayoni:

  1. Tuxum qaynatib, tozalab olinadi.
  2. Qiyma go‘shti maydalangan ko‘kat, tuz va ziravorlar bilan aralashtirilib, to‘rt qismga bo‘linadi.
  3. Bir idishga tuxum chaqiladi, ikkinchisiga un, uchinchisiga quritilgan non solinadi.
  4. Har bir qaynatilgan tuxum avval un, so‘ngra go‘shtli aralashma va oxirida non bo‘laklari bilan qoplanadi.
  5. Yog‘ o‘rta olovda qizdiriladi. Tayyor bo‘lgan kotletlar olovda qizargunga qadar pishirib olinadi.
  6. Tayyor bo‘lgach qog‘oz salfetkalar ustiga sovigunga qadar joylashtiriladi.
  7. So‘ngra quymoqlar markaziga tuxumlar qo‘yilib, tepa qismi xuddi qopcha singari ko‘katlar yordamida bog‘lanadi.

Yoqimli ishtaha!

От qwert.uz