Sarxil sitrus mevaning yengil ifori, krem-pishloqning nozik ta’mi, pechenyening mayin qirsillashi — mazkur shirinlikda uyg‘unlashadi.

  — Manba: «Daryo» nashri.

Foto: Lifehacker

Kerakli mahsulotlar:

  • shirin kreker yoki pechenye — 100 g;
  • limon — 1 ta;
  • krem-pishloq — 360 g;
  • shakar kukuni — 130 g;
  • qaymoq — 120 ml;
  • tuz— bir chimdim.

Bezash uchun:

  • limon — 3-4 bo‘lak;
  • yalpiz yaprog‘i — 1-2 dona.

Tayyorlanish jarayoni:

  1. Krekerlarni maydalab, 2 osh qoshig‘ini olib qo‘ying. Qolganini stakanga soling.
  2. Limon sharbatini siqib oling. Krem-pishloqni mikser yordamida ko‘pirtiring. Unga shakar kukuni, limon sharbati, tuz solib, silliq massa hosil bo‘lguncha mikserlashda davom eting.
  3. Muzlatkichdagi qaymoqni ham mikserda ko‘pirtirib, ehtiyotkorlik bilan pishloqli massaga qo‘shing.
  4. Tayyor mussni pechenye solingan stakanlarga quying. Shirinlikni 1 soatga muzlatkichga qo‘ying.
  5. Olib qo‘yilgan 2 osh qoshiq pechenyeni muss ustiga seping. Shuningdek, limon bo‘laklari va yalpiz yaprog‘i bilan bezang.

Yoqimli ishtaha!

От qwert.uz