Pitssa tayyorlash uchun pechning keragi yo‘q. Uni tovada ham mazali tarzda pishirish mumkin.

  — Manba: «Daryo» nashri.

Foto: Lifehacker

Kerakli mahsulotlar:

  • un − 9 osh qoshiq;
  • iste’mol sodasi − 1/3 choy qoshiq;
  • tuxum − 2 dona;
  • mayonez − 4 osh qoshiq;
  • smetana − 4 osh qoshiq;
  • sosiska − 100 gramm;
  • piyoz − 1/2 dona;
  • qattiq pishloq − 100 gramm;
  • o‘simlik yog‘i − 1 osh qoshiq;
  • ketchup − 1 osh qoshiq;
  • tuz.

Tayyorlanish jarayoni:

  1. Idishga un solinib, tuz va soda bilan aralashtiriladi. Tuxum, mayonez va smetana ko‘pirtiriladi.
  2. Tuxumli massa un ustidan solinadi. Massa bir holatga kelguncha aralashtiriladi.
  3. Sosiska parrak, piyoz mayda to‘g‘raladi. Qattiq pishloq qirg‘ichdan o‘tkaziladi.
  4. Tova olovda qizitilib, yog‘lanadi. So‘ngra xamir quyiladi.
  5. Xamir yuzasiga qoshiq yordamida ketchup suriladi. Ustidan piyoz, sosiska va pishloq sepiladi.
  6. Tova qopqog‘i yopilib, 10-15 daqiqaga dimlanadi hamda past olovda pishiriladi.

Yoqimli ishtaha!

От qwert.uz