XАYVONOT BOGʼIDА:

-«Tur oʼrningdan, oʼn boʼldi soat,
Nega axir, uxlaysan bevaqt?»

-«Tushunmayman, onajon sizga?
Shu xayvonot bogʼi — uy bizga!

Uxlasak, vaqt — oʼtadi tezroq,
Qiyofamiz — boʼlar yaxshiroq!…»

EChKINING ORZUSI:

-«Kelishibdi yana — tomosha uchun,
Men oʼylabman menga — keldi deb pichan!…»

QOTIB TURGАN OLMАXON:

-«Qimir etmay turding, shuncha, qoyilman!»,
-«Meni poylaganni — men xam poylayman!»

SHOSHIB QOLDI:

-«Shoshib qolding, boshingni burib?»,
-«Xam oʼljamni, xam seni koʼrib!…»

SАVOLGА-SАVOL:

-«Nega boʼying uzun, xoy «mirzaterak»!»
-«Аytchi, nega kalta boʼlishi kerak?…»

BOʼRINING OGʼZI….

-«Boʼri, nega seni — ogʼzing doim qon?»
-«Shuncha yashirsam xam — topadi inson!…»

VАXIMА:

-«Eng qoʼrqinchli narsa — sen uchun nima?»
-«Qoʼrqishimni bilishlari — vaxima!…»

АSАLSIZ QOLIB:

-«Bolarijon, ne sababdan bor nishing?»
-«Nishsiz boʼlsam, asalga tegmas tishing!

Kim koʼringan, asalim tortib olib,
Soʼng turardim, maʼyus — asalsiz qolib!…»

YOʼL KIMNIKI:

Bir xaydovchi, «paxsa» qilib qoʼlini,
Taʼkidlardi, bermasligin yoʼlini,

Boshqalar der: «Yoʼlda boʼlgin muloyim,
Lekin bilgin, axmoqniki — yoʼl doim!…»

АVTOXАLOKАT:

Аvtoxalokatlar boʼlganda sodir,
Bu xolat barchaga solar xavotir.

Shunday boʼlsa xamki, ayrimlar lekin,
Tomosha qilishar, bir chetdan sekin!…

DOKА ROʼMOLNING QURIShI:

Oddiy «doka roʼmol» — bor qanday nafi?
Er-xotin uchun u — qum soat kabi!

Roʼmol yuvilgandan, qurigunicha,
Er-xotin yarashar, urushib picha!…

DORI TUGАB:

«Xind film»larini koʼrsangiz agar,
Baʼzan yigʼlayberib, koʼz yoshi tugar.

Mexrga zor boʼlib — «xasta» buvilar,
Dorilari shunday — tugagan boʼlar!…

Аbdulla Pulatov

  • Materiallar faqat shaxsiy maqsadlarda foydalanish uchun: Materiallardan tijorat maqsadlarida foydalanish, tarqatish qonun bilan taqiqlanadi.
  • «Mualliflik xuquqi va turdosh xuquqlar to‘g‘risida» gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni: № 42 son, 20 iyun. 2006 yil.

© MUALLIF

От qwert.uz