Modaning tez yangilanishi ortiqcha pul sarflanishi hamda yangi xaridlarni amalga oshirishga sabab bo‘ladi. Ammo ba’zida muayyan kiyim-kechaklarning urfdan qolishi sizni trendda bo‘laman deb, didsiz ko‘rinishga ega bo‘lishdan qutqaradi  — deb bu haqda «Daryo» nashri  xabar beradi.    

Tor, yopishib turadigan shim

Foto: Cosmopolitan

Qomatga urg‘u berib, kamchiliklar ko‘zga tashlanishiga sabab bo‘ladigan shimlar allaqachon modadan qoldi. Mazkur mavsumda keng modellar urfda bo‘lib, uning pastki qismini poyabzal ichiga tiqish tavsiya qilinadi.

Ingichka ko‘zoynaklar

Foto: Cosmopolitan

Zamonaviy ko‘ringan bunday ko‘zoynak ko‘zlarni quyosh nuridan himoya qila olmaydi. Bahor—yoz fasllarida ushbu aksessuarning katta modellari dolzarb bo‘ladi.

“Velosipedka”

Foto: Cosmopolitan

Endi so‘nggi 10 yilning eng g‘alati trendini nima bilan moslash haqida o‘ylashga hojat yo‘q. Bunday

shortiklar o‘rniga qulay hamda universal “bermud”lar kiying. Ularni ta’til va ishga ham istalgan kofta yoki futbolka bilan moslasa bo‘ladi.

Sport uslubidagi, belga ilinadigan sumkalar

Foto: Cosmopolitan

Mazkur sumkalar endi avvalgidek dolzarb emas. Xarid qilish istalgan taqdirda kichkina, klassik modellarga e’tibor qaratish tavsiya qilinadi.

Katta hajmli krossovkalar

Foto: Cosmopolitan

So‘nggi ikki yilda har qachongidan ham yetakchi bo‘lgan ugly sneakers’lar asta-sekin estafetani ixchamroq, ko‘ylak va yubkalar bilan kiyish mumkin bo‘lgan modellarga uzatmoqda.

От qwert.uz