“Qora niyat” seriali voqealar rivojida tub burilish kutilmoqda

Отqwert.uz

17 марта, 2021

Keyingi mavsumga qadar davom etishi rejalashtirilayotgan “Qora niyat” serialida katta o‘zgarishlar bo‘lishi kutilmoqda. Bu haqda Kinoteka xabar beradi.

Foto: Fox.com.tr

Jurnalist Birsen Altuntash serialning keyingi qismlari bilan bog‘liq ayrim detallarni oshkor qilgan  — deb bu haqda «Daryo» nashri  xabar beradi.     Avvalroq ijtimoiy tarmoqlarda nikoh uzugi taqqan Jansu (Nilperi Shahinkaya)ning surati tarqalgan. Shundan keyin muxlislarda qanday qilib, Yildiz (Eda Eje)ni jondan ortiq yaxshi ko‘rgan Chagatay (Berk Oktay) Jansuga uylanishi mumkin, degan savol tug‘ilgan. Gap shundaki, 102-qismda yong‘in yuz beradi va Yildiz hamda Chagatay bazo‘r tirik qoladi. 103-qismdan esa tamoman yangi davr boshlanadi.

Oradan 5 yil o‘tadi, bu vaqtni Yildiz komada o‘tkazadi. Ko‘zlarini ochganida Chagatay uylanganidan, ulg‘aygan Halit Jan  Jansuni oyi deb chaqirayotganidan xabar topib, shokka tushadi. Jansu o‘z niyatiga yetadi, ammo tirik qolgan

Yildiz baxti uchun kurashishda davom etadi. Muxlislarga yanada qiziqarli bo‘lishi uchun boshqa qahramonlar hayotidagi o‘zgarishlar ma’lum qilinmagan.