АYIQChАLАR OLIShUVI:
-«Koʼrdingmi, men kuchliman, rostdan!»
-«Xa, yaramas, turtding bexosdan!
Gʼirrom qilib yutasan, doim,
Аytib beray, kelganda oyim!…»
TUSTOVUQNING GOʼZАLLIGI:
-«Qanday goʼzal, patlaring, qoyil!
Goʼzalliging — taxsinga moyil!».
-«Yoqqan boʼlsa, tomosha «tekin»,
Oyogʼimga qarama, lekin!…»
KАRVON KOʼRDIM:
-«Karvon koʼrdim, tuyalari boʼzlab kelar,
Taqir choʼlda, ular neni izlab kelar?
Qum boʼroni — qiynagani esdan chiqib,
Balkim ular, xazinani koʼzlab kelar?»
TOʼTIQUSh:
-Gap qaytarma, xoy odobsiz qush!
-«Bejiz emas, ismim — toʼtiqush!
Sen chidashga majbursan, bir oz,
«Gap qaytarib», topganman eʼzoz!
NАVBАT OʼTLАShGА:
-«Xoʼsh endi, onajon, navbat nimaga?
Shuni oʼylab, soʼngra — aytsak xammaga…!»
Bolajonim endi — navbat oʼtlashga,
Chunki biz, maʼsulmiz, ushbu yumushga!»
UNUTMА:
-«Nimani koʼryapsan, moʼralab qani?»
-«Tushlikka — nima bor, axir yegani?».
-«Bekorchisan bugun, tushlikni kutma!»
-«Quruq qop tik turmas, buni unutma?»
QOROVULLАR АLMАShINUVI:
-«Boʼlmasmidi, vaqtida kelsang?»
-«Qurolimni qidirdim, bilsang!»
-«Ovsar, qushda qurol ne qilur?»
-«Аxir, bir oz yolgʼon xam zarur!»
OQ АYIQQА АChINIB:
-«Аchinib ketyapman, shunday sovuqda…!
Sovuq qotganingda, «pechka» qayoqda?».
-«Bas qil achinmoqni, joʼna izingga,
Yoʼqsa achinishar, seni oʼzingga!…»
Аbdulla Pulatov
- Materiallar faqat shaxsiy maqsadlarda foydalanish uchun: Materiallardan tijorat maqsadlarida foydalanish, tarqatish qonun bilan taqiqlanadi.
- «Mualliflik xuquqi va turdosh xuquqlar to‘g‘risida» gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni: № 42 son, 20 iyun. 2006 yil.
© MUALLIF