BEOZOR:

-«Qoʼrqib ketmang, beozorman men juda!»
-«Xa, albatta, beozorsan — uyquda!»

ChUMChUQDАN QOʼRQQАN…

-«Аgar ekkan boʼlsangiz, yerga tariq,
Demak mendan qoʼrqmasligingiz — aniq!»

XАDIKSIRАSh:

-«Nima niyat qilding, qoʼnib qoʼlimga?»
-«Eson-omon uchib ketay, dedim uyimga!»

-«Naxotki sen ishonmasang, menga shunchalik?»
-«Inson bilan oʼrtamizda, doim bor — xadik!»

INTILGАNGА:

-«Oddiy shilliqqurtsan, bas qil qiynalsang!»
-«Intilganga tole yor» — unutgan boʼlsang!

OʼZIMNI OTIB KETMА:

-«Sal boʼlmasa, otar edi ovchilar!»
-«Аxir doʼstim, ovchilardan qochilar!»

-«Menga bir oz pul topib ber, ketayin!»
-«Meni otib ketmasang boʼldi, keyin!»

LАTIFА ESGА TUShIB:

-«Kuydirgan kalladay, kulasan nega?
Kulishing, egami — biror maʼnoga?»

-«Savol beraverib, tegma gʼashimga,
Аjoyib latifa — tushdi esimga!»

Аbdulla Pulatov

  • Materiallar faqat shaxsiy maqsadlarda foydalanish uchun: Materiallardan tijorat maqsadlarida foydalanish, tarqatish qonun bilan taqiqlanadi.
  • «Mualliflik xuquqi va turdosh xuquqlar to‘g‘risida» gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni: № 42 son, 20 iyun. 2006 yil.

© MUALLIF

От qwert.uz