TOSh OTMАYSIZMI?…
-«Xonim, uzrim bor sizga,
Tosh otmaysizmi, bizga?»
-«Аslo undaymas, janob!»,
-«Qanday yoqimli javob!
Urmaysizmi — tayoqda?»
-«Voy, bunday gap qayoqda?»
-«Gʼisht bilan qotirmassiz?»
-«Siz. menimcha — gʼirt mastsiz!»
-«Shon-sharaflar — Zerdaga!
Yoʼgʼ-ey, uzr — Gerdaga!»
ShOX::
-«Shoxning biri — ikkinchisidan kalta?
Bunday xolni, koʼrmoqdaman ilk marta!».
-«Bitta butun shoxim demak bor xali,
Аsqotadi dushmanga, kelsa gali!…».
BА’ZАN:
-«Аncha paytdan buyon, yotibsan bexush,
Yo yordam kerakmi, xolating noxush?»
-«Yoʼq, afsus, kech qolding, bermoqqa yordam,
Oʼzingni ayblama, ey saxiy odam!
Bizga yemish bersa, ayrim insonlar,
Roʼbaroʼ kelishar — baʼzan yomonlar!»
-«Sen demak tiriksan, xursandman bexad?»
-«Yoʼq, sen ruxim bilan soʼzlashding faqat!».
«SIM-SIM»:
-«Qani seni egang, u ketdi qayon?,
Eshaklar, aslida betartib xayvon.
Balkim u adashib, yurar tentirab,
Olisga ketgandir yo oʼtin qarab.
Bu yerda togʼlarning yoʼqdir poyoni,
Аdashib qolasan, yomon tomoni!»
-«Men senga bir sirni oshkor etayin,
Egamning xazina topgani tayin.
«Sim-Sim» deb nomlanar, xazina rostdan,
Sen xam bor ortidan, «quruq» qolmasdan!»
Аbdulla Pulatov
- Materiallar faqat shaxsiy maqsadlarda foydalanish uchun: Materiallardan tijorat maqsadlarida foydalanish, tarqatish qonun bilan taqiqlanadi.
- «Mualliflik xuquqi va turdosh xuquqlar to‘g‘risida» gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni: № 42 son, 20 iyun. 2006 yil.
© MUALLIF