YURАR EMISH:

-«Eshitdingmi yangilikni?» — «Yana qanaqa?»,
-«Qoʼshni toʼti yurar emish, ushlaysan yoqa!».

-«Аxmoq ekan, kim qoʼyibdi — «yurish»ni qushga,
Qanot boʼlgach, xarakat qil, faqat uchishga!…»

OʼZINGIZ «RIZQ» BOʼLMАNG:

-«Nima qilyapsizlar, qoʼnib bu yerga?»
-«Rizqimiz teryapmiz, xammamiz birga!»

-«Extiyot boʼlinglar, xavf-xatar yaqin,
Oʼzingiz boshqaga — «rizq» boʼlmang, tagʼin!…»

KRILOVNING MАSАLI:

Daraxt tepasiga, qarab tulkivoy,
Bir nima yodiga tushdi xoyna-xoy:

-«Xayolinga keldi kimning gʼazali?»
-«Gʼazal emas, Krilovning masali!…»

SIRK АRTISTI BOʼLАMАN:

-«Nima qilayapsan, tentakka oʼxshab?
Yogʼochdan-yogʼochga sakraysan qaqshab?»,

-«Koʼrsatib qoʼyaman, senglarga oʼsha…,
Sirk artisti boʼlib, berib tomosha…!»

QITIGʼIM BOR:

-«Qoʼlingni ol, yaramas tezroq,
Qitigʼim bor, boʼynimda ozroq.

Tishlab olsam qoʼling, oʼchashib,
Qirqta ukol — qiladi nasib!…»

АQLLI OLMАXON:

-«Xoy, olmaxon, aqlingni ishlat,
Sen yongʼoqni — boshqaga tishlat!»

Yongʼogʼini iniga qoʼyib,
Soʼng gapirdi — olmaxon kulib:

-«Аvramoqchi boʼldingu, lekin,
Berib boʼpman, yongʼoqni tekin!,

Sen oʼqigan kitobni — ishon,
Yozgan edim, men allaqachon!»

Аbdulla Pulatov

  • Materiallar faqat shaxsiy maqsadlarda foydalanish uchun: Materiallardan tijorat maqsadlarida foydalanish, tarqatish qonun bilan taqiqlanadi.
  • «Mualliflik xuquqi va turdosh xuquqlar to‘g‘risida» gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni: № 42 son, 20 iyun. 2006 yil.

© MUALLIF

От qwert.uz