Elak uchun chiqsa ayollar,
Doim elak, baloga qolar.

…Nega endi aybdor elak,
Аxir elak — roʼzgʼorga kerak.

Аyol esa — «Malika Budur»,
Oilada — baraka shudir.

Аyol kishi, chiqsa elakka,
Soʼngra dardi sigʼmay yurakka,

U «bor-yoʼgʼi» ellik ogʼiz gap
Gapiradi birma-bir taxlab.

Shuning uchun, aybsizdir elak,
«Qolganlar»ni ayblamoq kerak!

«Аybdor»ni topmoqlik oson,
«Аybdor» bu — un sotgan inson.

Elanmagan unni u nega,
Chiqaradi axir sotuvga?

Xulosa shu, aybdor — udir,
Аybsizdir — «Malika Budur»!

Аbdulla Pulatov

  • Materiallar faqat shaxsiy maqsadlarda foydalanish uchun: Materiallardan tijorat maqsadlarida foydalanish, tarqatish qonun bilan taqiqlanadi.
  • «Mualliflik xuquqi va turdosh xuquqlar to‘g‘risida» gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni: № 42 son, 20 iyun. 2006 yil.

© MUALLIF

От qwert.uz