Ikki maymun asfaltda,
Toblanardi oftobda:

-«Turibmiz — asfalt yoʼlda,
Transport oʼtar bunda.

Kel, asfaltni boʼshatib,
Turaylik, chetga oʼtib!».

-«Bunday gapni qoʼysangchi,
Oʼzing oʼylab koʼrsangchi?

Mashina urib ketsa,
Kasalxonaga eltsa,

Keyin uni «sogʼamiz»,
Boʼlar — «xomiy» ogʼamiz!».

-«Bormi seni vijdoning,
Qayda qoldi imoning?

Gaplaring tuzsiz, taxir,
Xatto, eshitish ogʼir.

Shuncha ayblaring turib,
Yer turibdi koʼtarib!

…Sen nafsinga — boʼl bandi,
Yoʼlimiz — ayro endi!…»

Аbdulla Pulatov

  • Materiallar faqat shaxsiy maqsadlarda foydalanish uchun: Materiallardan tijorat maqsadlarida foydalanish, tarqatish qonun bilan taqiqlanadi.
  • «Mualliflik xuquqi va turdosh xuquqlar to‘g‘risida» gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni: № 42 son, 20 iyun. 2006 yil.

© MUALLIF

От qwert.uz