Fransuz ayollarining sodda, ammo chiroyli hamda zamonaviy ko‘rinishining sirini bilasizmi? Quyida ular bilan tanishish mumkin  — deb bu haqda «Daryo» nashri  xabar beradi.    

Soch turmagi

Foto: Cosmopolitan

Silliq va rasmiy soch turmagi franzsuz ayollari uchun emas. Biroz betartib va to‘lqinsimon ko‘rinishdagi soch turmagi esa hozirda butun dunyo ayollari uchun ham qulay, ham oson. Albatta, ushbu turmak mukammal bo‘lmasa-da, siyrak sochlar uchun hajm beradi. Shuningdek, mazkur ko‘rinishda har qanday yig‘ilish, uchrashuv va hattoki rasmiy majlislarda ham ishtirok etish mumkin. Bundan tashqari, bu kabi turmak uzoq vaqt talab etmaydi. Shunchaki soch yuvilganidan so‘ng biroz quritilgan holda o‘rish yoki bog‘lam bilan burab chiqish kifoya.

Aksessuar

Foto: Cosmopolitan

Fransuz ayollari obraz yaratishda birinchi o‘ringa aksessuarlarni qo‘yadi. Har qanday kombinatsiyani birgina detal yordamida butunlay boshqa kiyimga aylantirish mumkin. Masalan, shlyapa, sumka, sharf, belbog‘ kabi.

Garderob tayanchi

Foto: Cosmopolitan

Fransuz ayollari garderobining o‘ziga xosligi shundaki, u yerdan hamisha “tayanch” bo‘lgan liboslarni topish mumkin. Masalan, oddiy qora klassik shim, oq kofta, hech qanday aksessuarsiz libos va poyabzal kabilar. Ushbu oddiy va sodda liboslar tig‘iz vaziyatda yordamga kelishi aniq. Ular makon va zamon tanlamaydi va shuning uchun ham garderobdan asosiy o‘rinni egallagan.

Logotipsiz liboslar

Foto: Cosmopolitan

Brend liboslar, ulkan logotip tushirilgan kiyim-kechaklar insonning qaysidir ma’noda hashamatga o‘chligidan ham darak beradi. Shuningdek, didni qimmatbaho narsalar bilan adashtirish haqidagi tasavvurni uyg‘otadi. Fransuz ayollari iloji boricha libos tanlashda logotipsiz kiyimlarga ko‘proq e’tibor qaratadi.

Qimmat zamonaviy degani emas

Foto: Cosmopolitan

Fransuz ayollari faqatgina qimmatbaho do‘konlardan libos sotib olishga intilmaydi. Ular odatda eski va qadimiy uslublarni yaxshi ko‘radi. Aksariyati esa o‘rta toifadagi brendlarni xush ko‘radi. Libos sifatidan tashqari uning narxi qulay bo‘lishiga ham e’tibor qaratadi.

Erkaklar uslubidagi liboslar

Foto: Cosmopolitan

Fransuz xonimlari odatda ayollarga xos bo‘lmagan va erkaklar uslubiga yaqin kombinatsiyalarni tanlaydi. Bu har qanday fransuz xonimiga jiddiy va jasur ko‘rinishni ham baxsh etadi. Shuning uchun ularni oq ko‘ylak va qora shim uyg‘unligida tanlangan liboslarda tez-tez uchratish mumkin.

Qora rangdan qo‘rqmaydi  

Foto: Cosmopolitan

Fransuz ayollari odatda nima kiyishni bilmaganida, qora rangni afzal ko‘radi. Bu ham ularning navbatdagi yordamchi libosi hisoblanadi. Ayrimlar qora rangli liboslardan biroz xavotir oladi, ammo franzsuz xonimlari emas.

Oddiy makiyaj

Foto: Cosmopolitan

Fransuz ayollari odatda makiyajga uzoq vaqt sarf etmaydi. Ular shunchaki yengil pardoz bilan tashqi ko‘rinishini og‘irlashtirishni istamaydi. Ular odatda yuziga namlantiruvchi krem, ko‘zlarining chetiga biroz soya hamda lablariga ozroq urg‘u beradi, xolos. Shuningdek, o‘ta mukammal makiyaj ham yaratilgan obrazga mos kelmasligi va vaziyatni yanada chuqurlashtirishi mumkin.

Zamon bilan hamnafas

Foto: Cosmopolitan

Fransuz ayollari modaga ergashadi, ammo bir vaqtning o‘zida bir necha uslubni o‘zida mujassam etmaydi. Bu narsa soch turmagi, makiyaj va kiyinish borasida ham bir xil. Har narsani me’yorida qo‘llash franzsuz ayollaridagi nafislikning eng katta siridir.

От qwert.uz